Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «aldab» qo‘yguvchidir.– Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan, odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar» (Niso surasi, 142).
- «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir».
- «Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va www.ziyouz.com kutubxonasi
RIYOAlloh taolo munofiqlar haqida xabar bera turib: «Insonlarga riyo qiladilar», deydi. Ya’ni, ularning namoz o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari – Allohning yuzi emas, balki odamlar ko‘rib, eshitishlari – xo‘jako‘rsin uchundir. «Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. – Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir.– Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan, odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar» (Niso surasi, 142). «Namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga vayl bo‘lsin» (Mo’un surasi, 4-oyat). Namozlariga beparvo, yengiltaklik qilib uni o‘z vaqtidan kechiktirib o‘qiydigan kimsalarga halokat, azob bo‘lsin. «... ular riyokorlik qiladigan kimsalardir». Ular odamlar ko‘z o‘ngida «solih» deb aytishlari uchun namoz o‘qiydilar, «taqvodor» deb nom qozonish uchun xushu’li va huzu’li bo‘lib ko‘rinadilar va «saxiy» degan nom olish uchun ehson-sadaqa qiladilar. Ularning har bir amallari riyo va nom qozonish uchundir. «Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki; Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni, biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!» (Mo’un surasi, 4-7). Odamlarga kundalik ro‘zg‘or buyumlari – bolta, arra, igna, qozon kabi narsalarni ham berib turmaydilar. «Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va www.ziyouz.com kutubxonasi 6 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy ozor bilan yo‘qqa chiqarmang...» (Baqara surasi, 264). Ya’ni, riyokor riyo qilgani sababli infoq-ehsonlarini yo‘qqa chiqargani singari, sizlar ham minnat va ozor bilan qilgan sadaqotlaringiz ajridan mahrum bo‘lib qolmang, deyilmoqda. «Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda (riyokorlik bilan) biron kimsani (Unga) sherik qilmasin! (Ya’ni, qiladigan barcha amallarini Yolg‘iz Alloh uchun qilsin)» (Kahf surasi, 110). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida birinchi bo‘lib hukm (hisob-kitob) qilinadigan kimsa – shahid kishi. Uni keltirishadi, so‘ng Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sening yo‘lingda jang qildim, hattoki shahid bo‘ldim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen «falonchi jur’atli» deb aytishlari uchun jang qilding. Sen istagan narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin ilm o‘rganib, o‘rgatgan va Qur’on o‘qigan kishini keltirishadi. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi undan. «Sen uchun ilm o‘rganib, uni (boshqalarga) o‘rgatdim va Qur’on o‘qidim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen olim, deb aytishlari uchun ilm o‘rganding va qori deb aytishlari uchun Qur’on o‘qiding. Bu gap aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi. Keyin Alloh rizqini keng qilib qo‘ygan, turli tuman mol-dunyo ato etgan kishini keltiradilar. Alloh taolo unga ne’matlarini tanitadi, u tan oladi. «Bular evaziga nima qilding?» deb so‘raydi. «Sen infoq-ehson qilinishini yaxshi ko‘rgan biror yo‘lni qoldirmasdan Sen uchun infoq qildim», deydi. «Yolg‘on aytding, sen saxiy, deb aytishlari uchun shunday qilding. Bu narsa aytildi», deydi. So‘ng buyuradi va u yuzi bilan sudralib, do‘zaxga uloqtiriladi» (Muslim, Nasoiy va boshqalar rivoyat qilishgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Riyoning ozginasi ham shirkdir!» Yana: «Sizlar xususingizda qo‘rqadigan narsalarimning eng qo‘rqinchlisi kichkina shirk», dedilar. «Kichkina shirk nima?» deyishdi. «Riyo» dedilar. Yana: «Insonlar amallariga yarasha jazo-mukofot olgan vaqtida Alloh taolo (riyokorlarga): «Dunyoda kimlar uchun riyo qilgan bo‘lsangiz, o‘shalarga boringlar. Qaranglar-chi, ularning huzurida biron mukofot toparmikansiz?!» deydi», deganlar (Imom Ahmad rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh taolo: «Men sheriklarning shirkdan behojatrog‘iman. Kimki Men uchun biron amalni qilsa, unda boshqani Menga sherik qilsa, Men undan behojatman. U o‘sha «sherik» uchundir», dedi» (Ibn Moja rivoyati). Yana aytadilar: «Kimki (odamlar) eshitsin desa, Alloh eshittirib qo‘yadi va (odamlar) ko‘rsin desa, Alloh ko‘rsatib qo‘yadi» (Muttafaqun alayh). Ya’ni, kimki odamlar ko‘rishi yoki eshitishi uchun biron amalni qilsa, qiyomat kunida Alloh taolo uning buzuq niyatini fosh etadi va guvohlar huzurida sharmanda qiladi. Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling