Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet10/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

KIBR, MANMANLIK, G'URUR

Alloh taolo aytadi:



«Men yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat- mo‘’jizalarni ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat – noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l qilib oladigan kimsalarni O‘z oyat-mo‘’jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni, anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman)» (A’rof surasi, 146).

Ya’ni, takabbur kimsalarni oyatlarimni fahmlash, u haqda fikr yuritib, tadabbur qilishdan mahrum qilaman va kibru havo qilganlariga jazo sifatida qalblarini muhrlab qo‘yaman.


www.ziyouz.com kutubxonasi
9
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy


«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish Alloh)dan hisob-kitob Kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir (kimsalarning yomonligi)dan panoh so‘raganman» (Fofir surasi, 27).

«Albatta, U Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl surasi, 23).
Ya’ni, haqqa quloq solib, unga bo‘ysunishdan kibr qilgan kimsalarni sevmaydi.

«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas»
(Luqmon surasi, 18).

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, Nasoiy va boshqalar rivoyati).

Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi
«Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:


«Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?»
deb so‘radi. «Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa unamaslik – rad etish va odamlarni masxara qilish – tahqirlashdir», dedilar Nabiy»
(Muslim, Termiziy rivoyati).

Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Azizlik izorim, kibriyo ridoimdir.


Kim (bu ikkisini) Men bilan talashsa, uni azoblayman», deydi» (Muslim rivoyati).

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat bilan do‘zax talashib qolishdi. Do‘zax: «Zo‘ravon va mutakabbir kimsalar menda», degan edi, jannat: «Zaif va miskin musulmonlar menda», dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi: «Jannat, sen Mening rahmatimsan, sen orqali xohlagan bandalarimga rahm qilaman. Do‘zax, sen Mening azobimsan, sen orqali xohlagan bandalarimni azoblayman. Ikkingiz ham to‘lib toshasiz» (Muslim rivoyati).

Harisa ibn Vahb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Sizlarga do‘zax ahli kimlar ekanini xabar qilaymi? (Ular) qo‘pol, yaxshiliklardan to‘suvchi va mutakabbir kimsalardir», deganlarini eshitganman»
(Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki o‘zini boshqalardan afzal, deb bilsa, yoki kibr-havo bilan yursa, Alloh taborak va taoloni g‘azablangan holda uchratadi», deganlarini eshitdim»


(Tabaroniy rivoyati).

Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling