Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


DAYUSLIK VA QO‘SHMACHILIK


Download 158.58 Kb.
bet79/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

DAYUSLIK VA QO‘SHMACHILIK

Alloh taolo aytadi:


«Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni, zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir» (Nur surasi, 3).

Mazkur oyati karimada ifodalanishicha, zinokor, fosiq kimsa soliha ayollarga uylanishga rag‘bat ko‘rsatmaydi. Bil’aks, u o‘ziga o‘xshagan nopok, fosiqa ayolga yoki mushrikaga uylanishni xohlaydi. Shuningdek, fosiqa, nopok ayolga uylanishga solih kishilar rag‘bat bildirilmaydilar. Ularga fosiq va mushriklar rag‘bat-xohish bildiradilar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamlar jannatga kirmaydilar: ota-onasiga oq bo‘lganlar, dayuslar, erkakshoda ayollar» (Nasoiy, Bazzor, Hokim rivoyati).

Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamlar hech qachon jannatga kirmaydilar: dayuslar, erkakshoda ayollar, xamr (mast qiluvchi narsa)ga mukkasidan ketganlar», dedilar. «Yo Rasululloh, xamrga mukkasidan ketganni, bilamiz. Dayus kim?» deb so‘rashgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam:


«Ahlining huzuriga kim kirayotganiga parvo qilmaydigan kimsa», deb javob berdilar.
«Erkakshoda ayol kim?» deb so‘rashgan edi: «O‘zini erkaklarga o‘xshatadigan ayol», dedilar (Tabaroniy rivoyati).

Musannif rahmatullohi alayh aytadilar: «Kimki xotinini fohishalik qiladi, deb o‘ylasa-yu, biroq uni yaxshi ko‘rgani yoki mahrini to‘lashga qurbi yetmasligi va yo yosh bolalari bo‘lib, ajrashgan taqdirda, ularning nafaqasini talab qilishdan qochganligi sababli, xotinining xiyonatini bilmaganga olsa, unday kimsa bu xotin bilan yashashga loyiq emas.


Fayurligi – rashki yo‘q kimsada hech bir yaxshilik bo‘lmaydi.

Pokiza ayolni o‘z holiga qo‘ymay, fohishaga aylanishiga sababchi bo‘ladigan qo‘shmachiga ikki hissa gunoh bo‘ladi.

Allohdan barcha balo ofatdan omon saqlashni so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling