Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet87/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
101
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Qarindoshlar bilan aloqani bog‘lash rizqning ziyoda, umrning uzun bo‘lishiga sababdir va u yomon o‘limdan saqlaydi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kimki umri uzun, rizqi keng bo‘lishi va yomon o‘limdan saqlanishidan xursand bo‘lsa, Allohga taqvo qilsin va qarindoshlari bilan aloqani bog‘lasin», deganlar (Abdulloh ibn Imom Ahmad va Bazzor rivoyati).

Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Rahm (qarindoshlik) Arshda muallaq turadi va: «Meni bog‘laganni Alloh bog‘lasin, meni uzganni Alloh uzsin», deydi», deganlar» (Muttafaqun alayh).

Qarindoshlar bilan aloqani uzish tez orada jazolanishning, uqubatga uchrashning asosiy sabablaridan biridir.

Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh gunohkorga oxirat uchun hozirlab qo‘ygan uqubatdan tashqari bu dunyoda ham tezda jazo berishiga zo‘ravonlik va qarindoshlar bilan aloqani uzishdan ko‘ra munosibroq gunoh yo‘q», dedilar (Termiziy rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Javob qaytaruvchi (kelgannikiga boruvchi) qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchi emas. Biroq qarindoshlik aloqasi uzilsa, uni bog‘lagan kishi qarindoshlik aloqalarini bog‘lovchidir» (Buxoriy va boshqalar rivoyati).

Ummu Gulsum binti Uqba (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gina saqlovchi qarindoshga qilingan sadaqa-ehson eng afzal sadaqadir», dedilar (Ibn Xuzayma, Hokim rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Sendan uzilgan kishiga bog‘langin», deyiladi.
Silai rahm qilib, qarindoshlik aloqalarini bog‘lash vojib bo‘lgan qarindoshlar – opa-singillar, xolalar, ammalar va opa-singillarning qizlaridir.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning mavlosi – ozod qilgan qul Sulaymon aytadi:


«Payshanba oqshomi – jumaga o‘tar kechasida davramizga Abu Hurayra keldilar-da:
«Oramizdan turib ketmaguncha qarindoshi bilan aloqani uzgan har bir kishi qiyin ahvolda qoladi», dedilar. Bu so‘zni uch marotaba takrorlasalar ham, hech kim o‘rnidan qimirlamadi. Keyin bir yigit turib, ikki yildan beri aloqasini uzib qo‘ygan ammasining oldiga keldi. Huzuriga kirgach, ammasi: «Ey jiyan, qaysi shamol uchirdi?!» deb so‘radi.
U: «Abu Hurayra shunday-shunday dedi», degan edi, ammasi: «Borib so‘ra-chi, nega bunday dedi ekan?» dedi. U borib so‘ragan edi, Abu Hurayra roziyallohu anhuning javobi quyidagicha bo‘ldi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Bani Odam amallari har payshanba oqshomi (jumaga o‘tar kechasi) Alloh taboraka va taologa ro‘baro‘ qilinadi. Shunda qarindoshlari bilan aloqani uzgan kishining amali qabul qilinmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy «Adabul-mufrad» kitoblarida keltirganlar).

Alloh taolodan toatiga muvaffaq etishini tilaymiz. Albatta, U saxovatli va marhamatli zotdir.





Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling