Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet89/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Qarindosh-urug‘larga – ular bilan aloqani mustahkamlash, ularga yaxshi munosabatda bo‘lish lozimligi ham ta’kidlanmoqda.
Yetimlarga – ularga mehr-shafqat ko‘rsatib, boshlarini silash lozim.
Miskinlarga – imkoni bo‘lsa, ularga xayr-ehson qilish, bo‘lmasa, yaxshi so‘z so‘zlash darkor.
Qarindosh qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lgan qo‘shni. Uning ikkita haqi bor. Mabodo ham dinda, ham nasabda qarindosh bo‘lsa, uning uchta haqi bo‘ladi.
Begona qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lmagan qo‘shni.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shnining haqi xususida shunday deganlar:
«Jabroil menga qo‘shni haqida to‘xtovsiz vasiyat qilaverganidan yaqinda qo‘shnini ham www.ziyouz.com kutubxonasi
103
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy merosxo‘r deb atasa kerak, deb o‘yladim» (Muttafaqun alayh).
Hamroh – safardagi yo‘ldosh bo‘lib, uning qo‘shnilik va hamrohlik haqlari bor.
Yo‘lovchi musofir – musofir to ko‘zlagan manziliga yetib olgunicha, unga taom va boshpana berish vojib.
Qo‘llaringizdagi qullaringiz – qul (cho‘ri)larning rizqini yaxshilab, xatolarini afv etish lozim.

Zero, Alloh O‘zining ko‘rsatmalariga amal qilishdan bo‘yin tovlaydigan mutakabbir va U


bergan ne’matlar sababli boshqa bandalardan o‘zini ustun qo‘yuvchi maqtanchoq kimsalarni suymas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan ketish oldidan, so‘nggi kasallik chog‘larida namoz va qul-cho‘rilarga yaxshi munosabatda bo‘lish haqida vasiyat qilib:


«Namoz, namoz (ya’ni, namozga qattiq e’tibor beringlar). Qo‘l ostingizdagilar xususida Allohdan qo‘rqinglar», degan edilar (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilishlaricha, yaxshi hulq – baxt, yomon hulq esa – ko‘ngilsizlik (baxtsizlik).


Yana bir hadisi sharifda: «Yomon xulqli kishi jannatga kirmaydi», deyilgan (Termiziy rivoyati).

Abu Mas’ud Badriy aytadilar: «Bir qulimni qamchi bilan urayotgan edim. Ortimdan: «Ey Abu Mas’ud, bilib qo‘y», degan ovoz eshitildi. Fazabdan ovozni anglamay qoldim. Menga yaqin kelgach, qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. U zot:


«Abu Mas’ud, bilib qo‘y, sen bu g‘ulomdan qudratli bo‘lsang, Alloh sendan qudratlidir», dedilar. «Endi bironta ham qulni urmayman, dedim».

Ushbu hadisning boshqa rivoyatida: «U zot sollallohu alayhi vasallamning haybatlaridan qo‘limdan qamchi tushib ketdi», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Yo Rasululloh, u Allohning roziligi uchun ozoddir», degan edim, u zot: «Agar shunday qilmaganingda, shubhasiz, do‘zax olovida kuygan bo‘larding», dedilar», deyilgan (Muslim rivoyati).

Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Kimki qulini qilmagan ishi uchun jazolab ursa yoki kaltaklasa, uni ozod qilish bilangina shu gunohi yuviladi» (Muslim rivoyati).

Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni Alloh, albatta, jazolaydi» (Muslim rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zulm qilib qamchi ursa, qiyomat kunida undan qasos olinadi» (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Xizmatkorni necha marta afv etish lozim?»


deb so‘rashgan edi, «Har kuni yetmish marotaba», deb javob berdilar (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Kunlardan bir kuni qo‘llarida misvok tutib turgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xizmatkorini chorladilar. U sustkashlik qilgan edi, u zot: «Agar qasos olish xafvi bo‘lmaganida, ana shu misvok bilan senga ozor bergan bo‘lardim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling