www.ziyouz.com kutubxonasi
102
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Qirq beshinchi gunohi kabira
QULNING QOCHISHI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochsa, uning namozi maqbul bo‘lmaydi», deganlar (Muslim rivoyati).
Boshqa bir hadisi sharifda: «Qaysi bir qul qochsa, undan zimma (himoya) soqit bo‘ladi», deyilgan (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamning namozini Alloh maqbul qilmaydi va ularning bironta ham yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha, erini norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha», deganlar.
Fuzola ibn Ubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamdan so‘ralmaydi: jamoatdan ajrab, imomiga osiylik qilgan kimsa; xo‘jayinidan qochib, osiy holida o‘lgan qul yoki cho‘ri; eri uzoqda bo‘lib, dunyoviy ehtiyojini (oziq-ovqatini) ta’minlab qo‘ygan bo‘lsa-da, eridan yashirincha yasan-tusan etib, husni jamolini ko‘z-ko‘z qilib yuradigan ayol», dedilar» (Ibn Hibbon va Hokim rivoyati).
Qirq oltinchi gunohi kabira
ZAIFLAR VA QO‘L OSTIDAGILAR – XOTIN, QUL, JONIVORLAR HAQINI POYMOL
QILISH Alloh taolo aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36).
Alloh taolo O‘zini bir, yakka va yolg‘iz deb bilish, ulug‘lash qatorida quyidagilarga yaxshi munosabatda bo‘lishni buyurdi:
Ota-onaga – ularga mehribonlik ila yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘pol muomala qilmaslik, huzurlarida baland ovozda gapirmaslik va qul ho‘jayiniga itoat etganday itoatkor bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |