Biror bir jonivorni bekordan-bekorga o‘ldirish makruhdir.
Sharid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki bironta chumchuqni bekordan-bekorga o‘ldirsa, qiyomat kuni u Allohga: «Ey Rabbim, falonchi meni bekordan-bekorga o‘ldirdi, biron-bir maqsad – foyda uchun o‘ldirmadi», deya chug‘urlaydi», deganlarini eshitdim» (Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Qushlarni jo‘ja ochish davrida ovlash ham, hayvonlarni onasi ko‘z o‘ngida so‘yish ham makruhdir.
Ibrohim ibn Adham aytganlarki: «Bir kishi buzoqni onasi oldida so‘ygan edi, Alloh uning qo‘lini quritib qo‘ydi».
Fasl
Qul-cho‘rini ozod qilish fazilati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir musulmon qulni ozod qilsa, Alloh uning har bir a’zosi evaziga buning a’zosini, hattoki farji evaziga farjini do‘zaxdan ozod etadi» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir musulmon kishi boshqa bir musulmon kishini ozod qilsa, u (qul) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi.
Qulning har bir a’zosi uning a’zosiga badal bo‘ladi. Qaysi bir musulmon kishi ikkita muslima ayolni ozod qilsa, ular uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. Ularning har bir a’zosi uning a’zosiga kifoya qiladi (badal bo‘ladi). Qaysi bir muslima ayol bir muslima ayolni ozod qilsa, u (cho‘ri) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. U
(cho‘ri) uning har bir a’zosiga (badal bo‘ladi)» (Termiziy rivoyati).
Qirq yettinchi gunohi kabira
ODAM O‘LDIRISH
Alloh taolo aytadi:
«Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Niso surasi, 93).
«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |