Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet84/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

OTA-ONAGA OQ BO‘LISH

Alloh taolo aytadi:


«(Ey inson), Parvardigoring sizlarga yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf»
tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va:
«Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!» (Al-Isro surasi, 23–24).

Farzand hamisha ota-ona xizmatiga tayyor turishi lozim. Chunki ular farzandining xizmatini qoyillatib qilishgan. Shuningdek, ular farzand kamoli, unib-o‘sishi – hayotini umid qilib uning qiliqlariyu ozorlarini ko‘tarishgan. Farzand esa, garchi ular ozoriga sabr qilsa ham, bu ularning o‘limigacha davom etadi, xalos. Qay birining haqi-xizmati ulug‘


ekaniga o‘zingiz baho bering.

«(Biz insonga buyurdikki): «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan!» (Luqmon surasi, 14).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Uch oyat uch narsaga bog‘liq bo‘lib tushgan.
Ularning biri sherigisiz qabul qilinmaydi.

Birinchisi:


«Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va Payg‘ambarga itoat etingiz!»
(Muhammad surasi, 33).
Kimki Allohga itoat etsa-yu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat etmasa, bu qabul qilinmaydi.

Ikkinchisi:


«Namozni ado qilinglar va zakotni beringlar!» (Baqara surasi, 43).
Kimki namoz o‘qisa-yu, zakot bermasa, qabul qilinmaydi.

Uchinchisi:


«Sen Menga va ota-onangga shukr qil!» (Luqmon surasi, 14).
Kimki Allohga shukr qilsa-yu, ota-onasiga shukr qilmasa, qabul qilinmaydi».

Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Parvardigor roziligi ota www.ziyouz.com kutubxonasi


97
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy roziligida. Parvardigor noroziligi ota noroziligida (Ota rozi – Xudo rozi, ota norozi – Xudo norozi)», deganlar (Hokim rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib jihodga borishga izn so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam:


«Ota-onang hayotmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Ular yo‘lida jihod qilgin», dedilar» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga yaxshilik qilishni, xizmatlariga shay turishni jihoddan ustun qo‘yganlariga bir e’tibor bering.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi? (Ular) Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar (Muttafaqun alayh).

Ota-onaga yomon munosabatda bo‘lish, ularga yaxshilik qilmaslikni shirkdek eng ulkan gunoh bilan yonma-yon zikr qilganlariga ham bir e’tibor bering.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga Alloh qiyomat kunida qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaga; mast qiluvchi narsaga mukkasidan ketgan kimsaga va bergan narsasini minnat qiluvchi kimsaga», dedilar (Nasoiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani la’natladi», dedilar (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi gunohi kabiralardandir», dedilar. «Yo Rasululloh, inson o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?» deb so‘rashgan edi, «Ha, – dedilar. – Boshqa kishining otasini so‘kkanda, u buning otasini so‘kadi. Onasini so‘kkanda esa, buning onasini so‘kadi» (Muttafaqun alayh).

Muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga infoq-ehson qilish ham ularga yaxshilik qilish jumlasidandir.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, mening mol-mulkim va bolalarim bor. Otam esa mol-mulkimni olib qo‘ymoqchi», degan edi, u zot:
«O‘zing ham, moling ham otangnikidir», dedilar» (Ibn Moja rivoyati).

Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuning huzuriga kelib: «Ey Abu Dardo, men bir ayolga uylandim. Biroq onam uni taloq qilishimni buyurdi», degan edi, Abu Dardo: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ota-ona jannatning eng o‘rta eshigidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang shu eshikni buzib tashla, xohlasang saqlab qol», dedilar (Termiziy, Hokim rivoyati).

Amr ibn Murra Juhaniy roziyallohu anhu dedilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va siz shubhasiz, Allohning elchisidirsiz, deb guvohlik berdim, besh vaqt namozni o‘qidim, molimning zakotini berdim va ramazonda ro‘za tutdim. Menga nima (qanday mukofot) beriladi?»
deb so‘ragan edi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim mana shu holatda vafot etsa, qiyomat kunida payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana shunday birga www.ziyouz.com kutubxonasi
98
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy bo‘ladi», deb ikki barmog‘ini tikladilar va: «Modomiki, ota-onasiniga oq bo‘lmas ekan», deb qo‘shib qo‘ydilar» (Ahmad, Tabaroniy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch xil duoning ijobat bo‘lishida shak-shubha yo‘q, (ular): mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi» (Termiziy rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, Alloh gunohlardan xohlaganini qiyomat kuniga olib qo‘yadi. Biroq ota-onasiga oq bo‘lish bundan mustasno. Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan odamni o‘lmasidan oldin shu dunyoning o‘zida jazolaydi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: «A’rof nima? U yerda kimlar bo‘ladi?» deb so‘rashdi.


U zot: «A’rof jannat bilan do‘zax orasidagi tog‘ bo‘lib, jannat va do‘zaxdan balandroq bo‘lgani bois «a’rof» (tepalik) deb nomlangan. U yerda daraxtlar, mevalar, anhorlar va buloqlar bor. A’rofda ota-onalarining roziligisiz jihodga chiqib, jihodda o‘ldirilgan kishilar bo‘ladi. Alloh yo‘lida qatl qilinganlari ularni do‘zaxga tushishidan to‘ssa, ota-onalariga oq bo‘lganlari ularni jannatga kirishdan man qilib turadi. Alloh ular xususida hukmini chiqarmaguncha, ular A’rofda bo‘lurlar», dedilar.

Ka’bul Ahbor rahmatullohi alayh aytadilar: «Banda ota-onasiga oq bo‘lsa, Alloh tezroq azob berish uchun uni tezda halok etadi. Banda agar ota-onasiga mehribon bo‘lsa, yanada ko‘proq yaxshilik va mehribonlik qilishi uchun Alloh bu bandaning umrini uzun qilib qo‘yadi».

Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Ey Muso, ota-onangni ehtirom qil. Zero, kim ota-onasini ehtirom etsa, uning umrini ziyoda qilaman va o‘zini ham hurmat qiladigan farzand beraman. Kimki ota-onasiga oq bo‘lsa, uning umrini qisqa qilaman va o‘ziga ham itoatsizlik qiladigan farzand beraman», deb vahiy qildi.

Abu Bakr ibn Abu Maryam aytadilar: «Tavrotda: «Kimki otasini ursa, o‘ldiriladi», deyilganini o‘qidim».


Vahb aytadi: «Tavrotda: «Kimki ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa, toshbo‘ron qilinadi», deyilganini o‘qidim».

Rivoyat qilinishicha, kimki ota-onasini haqorat qilsa, (dafn qilinganidan) so‘ng uning qabriga, osmondan yerga tushadigan har bir tomchi miqdoricha qizib turgan cho‘g‘


tushadi.

Rivoyat qilinadiki, ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa dafn qilinsa, qabri uni qattiq siqadi.


Hattoki, uning qovurg‘alari bir-biriga kirib ketadi. Qiyomat kunida eng qattiq g‘azabga giriftor bo‘ladigan insonlar uch toifa bo‘lib, ular mushrik, zinokor va ota-onasiga oq bo‘lgan kimsadir.

Ka’bul Ahbordan: «Ota-onaga oq bo‘lish nima?» deb so‘rashgan edi, u kishi: «Agar otasi yoki onasi uning nomidan qasam ichsa, qasamini oqlamaydi. Biror ishga buyursa, buyrug‘iga itoat etmaydi. Biror narsa so‘rasa, bermaydi va omonat qo‘ysa, xiyonat qiladi», deb javob berdilar.




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling