Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


INSONNING O‘Z NASABIDAN TONISHI


Download 158.58 Kb.
bet83/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Qirq ikkinchi gunohi kabira
INSONNING O‘Z NASABIDAN TONISHI

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki bilaturib, otasidan boshqa kishini


«otam» deb iddao qilsa, unga jannat haromdir» (Buxoriy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Otalaringdan yuz o‘girmanglar, kim otasidan yuz o‘girsa, u kofir bo‘libdi»


(Buxoriy rivoyati).

Yazid ibn Shurayk aytadilar: «Ali roziyallohu anhu minbarda xitob qilib aytardilar: «Yo‘q, Allohga qasamki, bizning oldimizda Allohning Kitobidan va ushbu sahifadagi narsadan boshqa o‘qiydigan Kitobimiz yo‘q». So‘ng sahifani ochdilar. Unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu so‘zlari bor edi: «Madina ayrdan savrgacha hurmatlidir. Kimki bu yerda yangi ish (bid’at) paydo qilsa yoki bid’atchiga joy (boshpana) bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Alloh qiyomat kunida unday kimsaning na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur. Kimki otasidan boshqa kishini


«otam» deb da’vo qilsa yoki o‘zini xo‘jayinlaridan boshqa kishilarga mansub deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Alloh qiyomat kunida unday kimsaning na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur» (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir kimsa bilaturib, otasidan boshqa kishini «otam» desa, u aniq kofir bo‘libdi. Kimki o‘ziniki bo‘lmagan narsani www.ziyouz.com kutubxonasi


96
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy

«meniki» deb da’vo qilsa, bizdan emas. Unday kimsa o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlab olaversin. Kimki bir kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» desa va u kishi bunday bo‘lmasa, aytgan so‘zi uning o‘ziga qaytadi» (Muslim rivoyati).

Allohdan afv, ofiyat hamda o‘zi suygan, rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq etishini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli zotdir.


Qirq uchinchi gunohi kabira


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling