Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Fasl Muayyan, ma’lum bir shaxsni nomlamay, gunohkorlarni la’natlash joizligi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
Fasl
Muayyan, ma’lum bir shaxsni nomlamay, gunohkorlarni la’natlash joizligi xususida Alloh taolo aytadi: «Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi, 18). «So‘ngra Allohga tazarru bilan iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Alloh la’nat qilishini so‘raylik» (Oli Imron surasi, 61). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, yediruvchini, kotibini va guvohlarini la’natlaganlar» (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh halol qiluvchini ham, halollatuvchini ham la’natladi», dedilar (Ibn Moja rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch ulovchi va ulatuvchi, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollarni la’natlaganlar (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biron bir dardsiz-uzrsiz soch ulovchi va ulatuvchi, qosh teruvchi va terdiruvchi, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar la’natlangan», deganlar (Abu Dovud rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzini yuluvchi, yoqasini yirtuvchi va o‘ziga o‘lim tilovchi ayollarni la’natlaganlar (Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Otasini so‘kkan kimsa mal’undir. Onasini so‘kkan kimsa mal’undir. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘ygan kimsa mal’undir. Yer chegaralarini o‘zgartirgan kimsa mal’undir. Hayvonga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir. Lut qavmi amalini qilgan kimsa ham mal’undir», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Nabiy aytganlar: «Ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani Alloh la’natladi» (Tabaroniy, Hokim Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 93 rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod solib yig‘lovchi va uni tinglovchi ayolni la’natlaganlar (Abu Dovud rivoyati). O‘g‘ri ham la’natlangandir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlagandir: u bitta tuxumni o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar. Oisha roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimni so‘kmanglar. Sahobalarimni so‘kkan kimsani Alloh la’natlasin», dedilar» (Tabaroniy rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga o‘zlarini o‘xshatadigan ayollarni hamda sahroga yolg‘iz safar qilgan kishini la’natlaganlar» (Ahmad rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va o‘zlarini erkaklarga o‘xshatadigan ayollarni la’natlaganlar» (Buxoriy va boshqalar rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati). Huzayfa ibn Usayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonlarga yo‘llarida ozor beradigan kimsaga ularning la’nati vojib bo‘ladi», deganlar (Tabaroniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodariga temir parchasi bilan ishora qilsa, to (bu harakatidan) to‘xtamagunicha, farishtalar unga la’nat aytib turishadi. Garchi u ota bir yoki ona bir akasi bo‘lsa ham», deganlar (Muslim rivoyati). Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Ribo yeyuvchi va yediruvchi (agar uning ribo ekanini bilishsa), guvohlari, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar, zakotini bermaydigan kimsa, hijratdan keyin a’robiylikka qaytgan kimsalar qiyomat kuni Muhammad sollallohu alayhi vasallam tilida la’natlanurlar» (Ibn Huzayma rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonlar himoyasi bir xil bo‘lib, ularning eng oddiyi ham bunga harakat qila oladi. Kimki bir musulmonni yordamsiz tashlab qo‘ysa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur. Qiyomat kunida Alloh undan na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur. Va yana kimki otasidan boshqa kimsani «otam» deb iddao qilsa yoki xo‘jayinidan boshqa kimsaga o‘zini mansub deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling