Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Ya’ni, bir kishi boshqa bir birodarining aybini qidirmasin. Alloh berkitgan narsani qilishga
urinmasin.
Mufassirlar: «Josuslik – musulmonlarning aybu nuqsonlarini qidirish», deganlar.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga: «Valid ibn Uqbaning soqolidan xamr tomib yuradi»,
deyishgan edi, u zot: «Batahqiq, biz josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Biroq,
uning
rostdan ham ichuvchi ekani ma’lum bo‘lsa, uni jazolaymiz», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bir qavmning gaplariga, ular
yoqtirmasalar-da, quloq solsa, qiyomat kunida uning quloqlariga eritilgan qo‘rg‘oshin
quyiladi».
Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U
marhamatli, saxovatli zotdir.
Ellik to‘qqizinchi gunohi kabira
DUSHMAN HUJUMIDAN QOCHISH
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, kofirlarning lashkariga duch kelganingizda (sanoqlari ko‘pligini
ko‘rib) ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qo‘rqib qochmanglar). Kimki o‘sha
(urush) kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh
(musulmonlarga) qo‘shilishdan tashqari holatda, ularga (kofirlarga) orqa
o‘girib qochsa, bas, u Alloh tarafidan bo‘lan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi
jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!» (Anfol surasi, 15–16)
Ya’ni, ey iymon keltirganlar, sizlar kofirlar bilan
jangga kirishganingizda, jang maydonini
tashlab qochmanglar. Balki sabot bilan sabr-matonat ko‘rsatinglar. Faqat boshqa kofir
toifaga hujum qilish yoki dushmanni
aldash uchun hiyla ishlatib, qochganday ko‘rinib
qayta hujum qilish, saflarni tartibga keltirish maqsadida yo bo‘lmasa, boshqa bir
musulmon guruhga qo‘shilib, kuchlarni birlashtirish
niyatida chekinsangiz, mayli. Kimki
shu kabi maqsadlarsiz dushmandan qo‘rqib qochsa, u Allohning g‘azabiga duchor bo‘ladi
va boradigan joyi jahannamdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita
halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb
so‘rashgan edi, «Allohga
shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq
o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan)
qochish va
pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar:
«Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli
Do'stlaringiz bilan baham: