Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

NOHAQ HUKM QILISH 
Alloh taolo aytadi: 
 
«Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular 
kofirlardir» (Moida surasi, 44). 
 
«Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
zolimlardir» (Moida surasi, 45). 
Ya’ni, Allohning shariatiga xilof qilganlari uchun ular o‘taketgan zolimlardir. 
 
«Kimki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqdirlar» 
(Moida surasi, 47). 
Ya’ni, ular iymondan va Alloh toatidan chiquvchi, osiy kimsalardir. 
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qozi 
do‘zaxda va bir qozi jannatda. Haq bilan hukm qilgan qozi jannatda. Zulm bilan (nohaq) 
hukm qilgan va bilmay turib hukm qilgan qozi do‘zaxda», dedilar». «Bilmaydigan 
qozining gunohi nima?» deb so‘rashgan edi, «Gunohi – bilmay turib qozi bo‘lganligi», 
deya javob berdilar» (Hokim rivoyati). 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-
kim qozilikka yoki odamlar orasida qozi qilib tayinlansa, darhaqiqat, u pichoqsiz 
so‘yilibdi», dedilar» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati). 
«Pichoqsiz so‘yilibdi» jumlasining ma’nosi shuki, pichoq bilan so‘yilayotgan jonliqqa 
rohat baxsh etiladi. Bordi-yu pichoqsiz so‘yilsa, bu unga azob berish bo‘ladi. 
Urfda, odatda pichoq bilan so‘yilsa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam urf-odatga 
xilof ravishda «pichoqsiz (boshqa narsa bilan) so‘yilibdi», dedilar. Bu bilan qozilarning 
badani emas, dini halok bo‘lishidan xafvsiragan bo‘lishlari mumkin. 
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat 
kunida odil qozi chaqirilib, shunday shiddatli hisob-kitobga duch keladiki, bundan u
butun umrim davomida sira qozilik qilmaganimda edi, deb orzu qiladi», deganlarini 
eshitdim» (Ibn Hibbon rivoyati). 
Rivoyat qilishlaricha, Alloh nozil qilgan narsadan boshqacha hukm qilgan rahbarning 
namozini Alloh qabul qilmaydi. 
Rivoyat qilishlaricha, kim voliy (hokim) yoki qozi bo‘lsa, u qiyomat kunida Alloh azza va 
jallaning huzuriga olib kelinadi-da, ko‘prikka turg‘azib qo‘yiladi. So‘ng siri (nomai a’moli) 
fosh qilinib, butun maxluqotlar guvohligida o‘qiladi. Agar u odil bo‘lgan bo‘lsa, adolati 
sababli Alloh unga najot beradi. Bordi-yu boshqacha (ya’ni, zolim) bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prik 
shunday silkinadiki, uning a’zolarining orasi falon-falon masofaga kengayib ketadi. So‘ng 
ko‘prik sinib, u jahannamga qulaydi. 
Fuzayl ibn Iyoz (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Qozi bir kun qozilik qilishi, bir kun 
o‘zi uchun yig‘lashi lozim». 
Muhammad ibn Vose’ aytgan ekanlar: «Qiyomat kuni hisob-kitob uchun birinchi bo‘lib 
qozilar chaqiriladi». 
Makhul (rahimahulloh) aytganlar: «Agar qozilikni yoki bo‘ynim chopilishini tanlashim 
lozim bo‘lganida, qozilikni qo‘yib, bo‘ynim chopilishini tanlagan bo‘lardim». 
Ayyub Saxtiyoniy (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Eng ilmli odamlarning 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling