Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Senga omonat qo‘ygan kishining 
omonatini ado et, senga xiyonat qilgan kimsaga sen xiyonat qilma!» (Termiziy rivoyati). 
Boshqa bir hadisi sharifda: «Mo‘min har qanday xislatga tabiatan moyil bo‘lishi mumkin, 
biroq xiyonat va yolg‘onga moyil bo‘lmaydi», deyilgan (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh: «Men sherigiga xiyonat qilmagan 
ikki sherikning uchinchisiman. Agar xiyonat qilsa, ular orasidan chiqib ketaman», deydi» 
(Abu Dovud rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, menga ochlikdan panoh 
berishingni so‘rayman, zero, u juda yomon hamxonadir, hamda xiyonatdan panoh 
berishingni so‘rayman, zotan u juda yomon astar-yopinchiqdir», der edilar (Abu Dovud 
rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli beshtadir», deya bir necha toifani 
zikr qilib: «Arzimagan bo‘lsa-da, o‘zi yoqtirgan narsaga xiyonat qiladigan xoin», 
deganlar (Muslim rivoyati). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Alloh yo‘lida qatl etilish barcha gunohlarga 
kafforat bo‘ladi. Biroq omonat bundan mustasno. Qiyomat kuni bir bandani olib 
kelishadi. Garchi Alloh yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, unga: «Omonatingni ado et», 
deyiladi. U: «Ey Rabbim, dunyo o‘tib ketgan bo‘lsa, men qanday qilib omonatni ado 
qilaman», deydi. Uni «Hoviya»ga olib borishadi. Unga omonati ko‘rinadi. U o‘ziga 
berilgan kundagi shaklda bo‘ladi. Uni ko‘riboq taniydi. Uning izidan «Hoviya»ga tushib, 
unga yetib boradi-da, yelkasiga ortib, olib chiqa boshlaydi. Endi chiqaman, deganida 
omonat yelkasidan tushib ketadi. U abadul-abad omonatning izidan pastga tushib 
ketaveradi». So‘ng: «Namoz omonatdir, tahorat omonatdir, tarozi omonatdir, o‘lchov 
omonatdir», deb bir qancha narsalarni sanadilar-da: «Bularning eng qattig‘i va’dadir», 
dedilar (Ahmad, Bayhaqiy rivoyati). 
Rivoyat qilishlaricha, odamlardan birinchi bo‘lib, ko‘tariladigan narsa omonatdorlik va 
oxirida qoladigan narsa namozdir. Holbuki, ko‘pchilik namozxonlarda xayr – yaxshilik 
bo‘lmaydi. 
Ey Allohim, bizga lutf marhamating ila muomala qilgin va barchamizni afv aylagin. 
O‘ttiz oltinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling