Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Qo‘pol va bulardan tashqari benasab – haromi kimsaga itoat etmang!»
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Qo‘pol va bulardan tashqari benasab – haromi kimsaga itoat etmang!» (Qalam
surasi, 13). Rivoyat qilishlaricha, salafi solihinlardan biri birodarini ziyorat qilganida, birodari u zotga boshqa birodari haqida yomon gaplarni gapiribdi. Shunda u zot: «Ey birodar, g‘iybatni juda cho‘zib yubordingiz va uchta jinoyat sodir etdingiz: menga birodarimni yomon ko‘rsatib qo‘ydingiz, u bilan qalbimni mashg‘ul qildingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan mahrum qildingiz», degan ekan. Bir kishi Ali ibn Husayn roziyallohu anhmoga: «Falonchi sizni haqorat qildi va siz haqingizda bundoq, bundoq dedi», degan ekan, u zot: «Meni uning oldiga olib bor», debdilar. U o‘zini himoya qilsa kerak, deb o‘ylabdi. Haqorat qilgan kishining oldiga yetib borishgach, u zot: «Ey birodar, agar men haqimda gapirgan gaping haq bo‘lsa, Alloh meni mag‘firat qilsin. Bordi-yu men haqimda gapirgan gaping noto‘g‘ri bo‘lsa, Alloh seni mag‘firat qilsin», degan ekanlar. Abu Lahabning xotini chaqimchilik qilib, gap tashib yurgani uchun Qur’oni karimda «o‘tin orqalagan», deb vasf qilingan. Chaqimchilik adovatga sabab bo‘lgani bois «o‘tin», deb nomlangan. Ma’lumki, o‘tin olovning alangalanishiga sabab bo‘ladi. Aytishlaricha, chaqimchining ishi shaytonning ishidan ham zararliroqdir. Chunki Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 81 shaytonning amali vasvasa bilan bo‘lsa, chaqimchining amali bevosita bo‘ladi. Hikoyat Rivoyat qilishlaricha, bir kishi sotilayotgan bir qulni ko‘rib qoldi. Egasi: «Uning chaqimchilikdan boshqa aybi yo‘q», deb jar solar edi. Kishi g‘ulomning aybini pisand qilmadi va uni sotib oldi. Fulom xo‘jayinining uyida bir necha kun turganidan keyin uning xotiniga: «Xojam sizning ustingizga boshqa xotin olmoqchi yoki o‘ynash tutmoqchi. U sizni yaxshi ko‘rmaydi. Agar sizga mehri tushib, o‘ylagan niyatidan qaytishini istasangiz, unda xojam uxlagan paytida ustarani olib, soqolining tagidan bir necha tukni qirib olingda, ularni asrab qo‘ying», dedi. Xotin parishon holda: «Xo‘p», dedi va eri uxlagach, quli o‘rgatgan ishni qilishga jazm etdi. Keyin g‘ulom xo‘jayinining oldiga kelib: «Xojam, bekam o‘ziga o‘ynash tutib, unga juda o‘rganib qolgan. Shuning uchun sizdan xalos bo‘lmoqchi, bu kecha sizni so‘yishga jazm qilgan. Agar gapimga ishonmasangiz, unda kechqurun o‘zingizni uxlaganga solib yoting. Shunda sizni so‘yish uchun qo‘lida biron narsa ko‘tarib kelayotganini ko‘rasiz», dedi. Xo‘jayini unga ishondi. Qorong‘u tushgach, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Xotini uning soqoli ostidagi tuklardan qirqib olish uchun ustara ko‘tarib keldi. Soqolidan qirqib olmoqchi bo‘lib, engashgan kuyi qo‘lini erining tomog‘iga cho‘zgan edi, u sakrab turib, ustarani tortib oldi-da, xotinini so‘yib tashladi. Xotinining qarindoshlari bu voqeadan xabar topib, u kishini o‘ldirdi va ikki urug‘ orasida qirg‘in boshlanib ketdi. Birgina chaqimchi, yolg‘onchi qulning kasofati bilan shunday falokat ro‘y berdi. Shu bois Alloh taolo chaqimchini «fosiq» deb nomlagan: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling