Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Boshqa bir hadisi sharifda: «Kimki Alloh va oxirat kuniga ishonar ekan, unda yaxshi gap 
gapirsin yoki sukut saqlasin», deyilgan (Muttafaqun alayh). 
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Tiliga egalik qilgan, uyi sig‘dirgan va xatolariga yig‘lagan kishiga jannat bo‘lsin», 
dedilar (Tabaroniy rivoyati). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi bo‘lmaydi» 
(Termiziy rivoyati). 
Alloh taolo lutf-marhamati ila barchamizni tillarimiz yomonligidan saqlasin. Albatta, u 
saxovatli, marhamatli zotdir. 
Foyda: Musannif rahimahulloh aytadilar: «Kim pok ekanliklarini tasdiqlovchi oyat 
tushganiga qaramasdan, Oisha roziyallohu anho onamizga tuhmat qilsa, u Qur’onni 
yolg‘onga chiqargan kofir hisoblanadi va o‘ldiriladi». 
Qirq birinchi gunohi kabira 
LA’NAT AYTISH 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish 
esa kufrdir» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish bilan 
barobardir» (Muttafaqun alayh). 
Abu Dardodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«La’natlovchilar qiyomat kunida shafoatchi ham, guvoh ham bo‘lmaydilar» (Muslim 
rivoyati). 
Imom Muslim rivoyat qilgan boshqa bir hadisda: «Siddiq kishi la’natlovchi bo‘lishi durust 
emas», deyilgan. 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Mo‘min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, axloqsiz va behayo so‘zlovchi 
bo‘lmaydi» (Termiziy rivoyati). 
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Agar banda biron narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi. Biroq osmon 
eshiklari uning qarshisida yopiladi. So‘ng yerga qaytadi. Biroq uning qarshisida yer 
eshiklari ham yopiladi. Keyin o‘ngga-so‘lga yuradi. Agar biron imkon (qo‘nimgoh) 
topmasa, mabodo la’natlangan kishi munosib bo‘lsa, unga qaytadi. Munosib bo‘lmasa, 
aytgan odamga qaytadi» (Abu Dovud rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tuyasini la’natlagan ayolni tuyasidan mahrum 
qilish bilan jazolaganlar. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Imron ibn Husayn roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
safarda edilar. Bir vaqt ansoriy ayollardan biri achchiqlanib, minib kelayotgan tuyasini 
la’natladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni eshitdilar-da: «Ustidagi narsalarni 
olib, o‘zini qo‘yib yuboringlar. Zero, u mal’un-la’natlangandir», dedilar. O‘sha tuya 
odamlar orasida yurgani-yu, unga hech kim tegmaganini men hozir ham ko‘rib 
turgandekman» (Muslim rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kishi birodarining or-nomusiga tajovuz 
qilishi eng katta sudxo‘rlikdir» (Bazzor rivoyati). 
Amr ibn Qays aytgan ekanlar: «Agar kishi uloviga minsa, ulovi: «Ey Allohim, uni menga 
mehribon hamroh qilgin», deydi. Agar uni la’natlasa: «Alloh va rasuliga osiy 
bo‘lganlarimizga Alloh azza va jallaning la’nati bo‘lsin», deydi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling