www.ziyouz.com kutubxonasi
95
Hibbon, Hokim rivoyati).
Mazkur hadisi sharifning yana bir rivoyatida: «Ular orasini kelishtiruvchi – dallolni ham
la’natlaganlar», deyilgan.
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol va qizi
orasini jamlagan (ya’ni, ikkalasini ham nikohiga olgan) kimsa mal’undir», dedilar
(Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad,
albatta, Alloh xamrni, uning siquvchisini, siqdiruvchisini, ichuvchisini, ko‘tarib
keluvchisini, ko‘tarib keltiruvchisini, sotuvchisini, sotib oluvchisini, quyuvchisi va
quydiruvchisini la’natlagandir», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Abu Juhayfa roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam it
daromadi va qon daromadidan qaytardilar. Badaniga naqsh soluvchi va naqsh solingan
ayollardan hamda foiz yeyuvchi va yediruvchi kimsalardan qaytardilar hamda
musavvirlarni la’natladilar» (Buxoriy rivoyati).
Ilmni yashirgan kimsa ham mal’undir.
«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq
payg‘ambar ekani haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan
qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay
va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» (Baqara surasi,
159).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga
taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga taqlid qiladigan ayollarni, «turmush qurmay
o‘taman», deydigan zohid erkaklarni va shunday zohid ayollarni hamda yolg‘iz musofirni
la’natladilar. Bu (ya’ni, yolg‘iz musofirni la’natlaganlari) sahobalarga yoqmadi. Bu
ularning yuzlaridan bilinib turardi. Rasululloh keyin: «Yolg‘iz o‘zi uxlovchi ham
(mal’undir)», dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).
Fasl
Gunohlardan saqlangan musulmonni la’natlash haromligiga musulmonlar «ijmo’»
qilishgan. Biroq qoralangan sifat egalarini la’natlash joiz. Masalan, «Alloh zolimlarni
la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh nasoro-yu yahudlarni la’natlasin»,
deyish mumkin.
O‘g‘ri, zolim, zinokor, sudxo‘r yoki yahudiy bo‘lgan muayyan bir insonni la’natlash,
hadislar zohiriga binoan harom emas. Imom Fazzoliy rahimahulloh hazratlari esa buning
haromligiga ishora qilganlar va Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon kabi kofir holida
o‘lgani ma’lum kimsalarnigina la’natlash joiz deb bilganlar. «Chunki la’natlash – Alloh
rahmatidan chetlanish deganidir. Biz fosiq yoki kofirning xotimasi qanday bo‘lishini esa
bilmaymiz, deydilar.
Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan muayyan kimsalarni la’natlash
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |