Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Qirq beshinchi gunohi kabira 
QULNING QOCHISHI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochsa, uning namozi maqbul 
bo‘lmaydi», deganlar (Muslim rivoyati). 
Boshqa bir hadisi sharifda: «Qaysi bir qul qochsa, undan zimma (himoya) soqit bo‘ladi», 
deyilgan (Muslim rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamning namozini Alloh maqbul 
qilmaydi va ularning bironta ham yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to 
xo‘jayinlariga qaytib, qo‘lini ularning qo‘llariga qo‘ymagunicha, erini norozi qilgan 
ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha», 
deganlar. 
Fuzola ibn Ubayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Uch toifa odamdan so‘ralmaydi: jamoatdan ajrab, imomiga osiylik qilgan 
kimsa; xo‘jayinidan qochib, osiy holida o‘lgan qul yoki cho‘ri; eri uzoqda bo‘lib, dunyoviy 
ehtiyojini (oziq-ovqatini) ta’minlab qo‘ygan bo‘lsa-da, eridan yashirincha yasan-tusan 
etib, husni jamolini ko‘z-ko‘z qilib yuradigan ayol», dedilar» (Ibn Hibbon va Hokim 
rivoyati). 
Qirq oltinchi gunohi kabira 
ZAIFLAR VA QO‘L OSTIDAGILAR – XOTIN, QUL, JONIVORLAR HAQINI POYMOL 
QILISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-
onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va 
begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va 
qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va 
maqtanchoq bo‘lgan kimsalarni sevmaydi» (Niso surasi, 36). 
Alloh taolo O‘zini bir, yakka va yolg‘iz deb bilish, ulug‘lash qatorida quyidagilarga yaxshi 
munosabatda bo‘lishni buyurdi: 
Ota-onaga – ularga mehribonlik ila yaxshi munosabatda bo‘lish, qo‘pol muomala 
qilmaslik, huzurlarida baland ovozda gapirmaslik va qul ho‘jayiniga itoat etganday 
itoatkor bo‘lishi lozim. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling