Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Qarindosh-urug‘larga – ular bilan aloqani mustahkamlash, ularga yaxshi 
munosabatda bo‘lish lozimligi ham ta’kidlanmoqda. 
Yetimlarga – ularga mehr-shafqat ko‘rsatib, boshlarini silash lozim. 
Miskinlarga – imkoni bo‘lsa, ularga xayr-ehson qilish, bo‘lmasa, yaxshi so‘z so‘zlash 
darkor. 
Qarindosh qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lgan qo‘shni. Uning ikkita haqi 
bor. Mabodo ham dinda, ham nasabda qarindosh bo‘lsa, uning uchta haqi bo‘ladi. 
Begona qo‘shni – nasabda yoki dinda qarindosh bo‘lmagan qo‘shni. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shnining haqi xususida shunday deganlar: 
«Jabroil menga qo‘shni haqida to‘xtovsiz vasiyat qilaverganidan yaqinda qo‘shnini ham 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
merosxo‘r deb atasa kerak, deb o‘yladim» (Muttafaqun alayh). 
Hamroh – safardagi yo‘ldosh bo‘lib, uning qo‘shnilik va hamrohlik haqlari bor. 
Yo‘lovchi musofir – musofir to ko‘zlagan manziliga yetib olgunicha, unga taom va 
boshpana berish vojib. 
Qo‘llaringizdagi qullaringiz – qul (cho‘ri)larning rizqini yaxshilab, xatolarini afv etish 
lozim. 
Zero, Alloh O‘zining ko‘rsatmalariga amal qilishdan bo‘yin tovlaydigan mutakabbir va U 
bergan ne’matlar sababli boshqa bandalardan o‘zini ustun qo‘yuvchi maqtanchoq 
kimsalarni suymas. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyodan ketish oldidan, so‘nggi kasallik 
chog‘larida namoz va qul-cho‘rilarga yaxshi munosabatda bo‘lish haqida vasiyat qilib: 
«Namoz, namoz (ya’ni, namozga qattiq e’tibor beringlar). Qo‘l ostingizdagilar xususida 
Allohdan qo‘rqinglar», degan edilar (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati). 
Rivoyat qilishlaricha, yaxshi hulq – baxt, yomon hulq esa – ko‘ngilsizlik (baxtsizlik). 
Yana bir hadisi sharifda: «Yomon xulqli kishi jannatga kirmaydi», deyilgan (Termiziy 
rivoyati). 
Abu Mas’ud Badriy aytadilar: «Bir qulimni qamchi bilan urayotgan edim. Ortimdan: «Ey 
Abu Mas’ud, bilib qo‘y», degan ovoz eshitildi. Fazabdan ovozni anglamay qoldim. Menga 
yaqin kelgach, qarasam u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ekanlar. U zot: 
«Abu Mas’ud, bilib qo‘y, sen bu g‘ulomdan qudratli bo‘lsang, Alloh sendan qudratlidir», 
dedilar. «Endi bironta ham qulni urmayman, dedim». 
Ushbu hadisning boshqa rivoyatida: «U zot sollallohu alayhi vasallamning haybatlaridan 
qo‘limdan qamchi tushib ketdi», deyilgan. Yana bir rivoyatda: «Yo Rasululloh, u 
Allohning roziligi uchun ozoddir», degan edim, u zot: «Agar shunday qilmaganingda, 
shubhasiz, do‘zax olovida kuygan bo‘larding», dedilar», deyilgan (Muslim rivoyati). 
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Kimki qulini qilmagan ishi uchun jazolab ursa 
yoki kaltaklasa, uni ozod qilish bilangina shu gunohi yuviladi» (Muslim rivoyati). 
Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Dunyoda odamlarni azoblaydigan kimsalarni Alloh, albatta, jazolaydi» (Muslim 
rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zulm qilib qamchi ursa, qiyomat 
kunida undan qasos olinadi» (Bazzor va Tabaroniy rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Xizmatkorni necha marta afv etish lozim?» 
deb so‘rashgan edi, «Har kuni yetmish marotaba», deb javob berdilar (Abu Dovud, 
Termiziy rivoyati). 
Kunlardan bir kuni qo‘llarida misvok tutib turgan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
xizmatkorini chorladilar. U sustkashlik qilgan edi, u zot: «Agar qasos olish xafvi 
bo‘lmaganida, ana shu misvok bilan senga ozor bergan bo‘lardim», dedilar (Imom 
Ahmad rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling