www.ziyouz.com kutubxonasi
107
qaytaringlar», dedilar. So‘ng biz yondirgan chumoli uyasiga ko‘zlari tushib: «Bunga kim
o‘t qo‘ydi?» deb so‘radilar. «Biz», degan edik, «Parvardigordan boshqaning olov bilan
azoblashga haqqi yo‘q», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Mazkur hadis olov bilan mayda hashoratlarni ham o‘ldirish mumkin emasligiga hujjatdir.
Fasl
Biror bir jonivorni bekordan-bekorga o‘ldirish makruhdir.
Sharid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki
bironta chumchuqni bekordan-bekorga o‘ldirsa, qiyomat kuni u Allohga: «Ey Rabbim,
falonchi meni bekordan-bekorga o‘ldirdi, biron-bir maqsad – foyda uchun o‘ldirmadi»,
deya chug‘urlaydi», deganlarini eshitdim» (Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Qushlarni jo‘ja ochish davrida ovlash ham, hayvonlarni onasi ko‘z o‘ngida so‘yish ham
makruhdir.
Ibrohim ibn Adham aytganlarki: «Bir kishi buzoqni onasi oldida so‘ygan edi, Alloh uning
qo‘lini quritib qo‘ydi».
Fasl
Qul-cho‘rini ozod qilish fazilati haqida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir musulmon qulni ozod qilsa,
Alloh uning har bir a’zosi evaziga buning a’zosini, hattoki farji evaziga farjini do‘zaxdan
ozod etadi» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir musulmon kishi boshqa bir
musulmon kishini ozod qilsa, u (qul) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi.
Qulning har bir a’zosi uning a’zosiga badal bo‘ladi. Qaysi bir musulmon kishi ikkita
muslima ayolni ozod qilsa, ular uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. Ularning
har bir a’zosi uning a’zosiga kifoya qiladi (badal bo‘ladi). Qaysi bir muslima ayol bir
muslima ayolni ozod qilsa, u (cho‘ri) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. U
(cho‘ri) uning har bir a’zosiga (badal bo‘ladi)» (Termiziy rivoyati).
Qirq yettinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |