Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
qaytaringlar», dedilar. So‘ng biz yondirgan chumoli uyasiga ko‘zlari tushib: «Bunga kim 
o‘t qo‘ydi?» deb so‘radilar. «Biz», degan edik, «Parvardigordan boshqaning olov bilan 
azoblashga haqqi yo‘q», dedilar» (Abu Dovud rivoyati). 
Mazkur hadis olov bilan mayda hashoratlarni ham o‘ldirish mumkin emasligiga hujjatdir. 
Fasl 
 
Biror bir jonivorni bekordan-bekorga o‘ldirish makruhdir. 
Sharid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki 
bironta chumchuqni bekordan-bekorga o‘ldirsa, qiyomat kuni u Allohga: «Ey Rabbim, 
falonchi meni bekordan-bekorga o‘ldirdi, biron-bir maqsad – foyda uchun o‘ldirmadi», 
deya chug‘urlaydi», deganlarini eshitdim» (Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati). 
Qushlarni jo‘ja ochish davrida ovlash ham, hayvonlarni onasi ko‘z o‘ngida so‘yish ham 
makruhdir. 
Ibrohim ibn Adham aytganlarki: «Bir kishi buzoqni onasi oldida so‘ygan edi, Alloh uning 
qo‘lini quritib qo‘ydi». 
Fasl 
Qul-cho‘rini ozod qilish fazilati haqida 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bir musulmon qulni ozod qilsa, 
Alloh uning har bir a’zosi evaziga buning a’zosini, hattoki farji evaziga farjini do‘zaxdan 
ozod etadi» (Buxoriy rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir musulmon kishi boshqa bir 
musulmon kishini ozod qilsa, u (qul) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. 
Qulning har bir a’zosi uning a’zosiga badal bo‘ladi. Qaysi bir musulmon kishi ikkita 
muslima ayolni ozod qilsa, ular uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. Ularning 
har bir a’zosi uning a’zosiga kifoya qiladi (badal bo‘ladi). Qaysi bir muslima ayol bir 
muslima ayolni ozod qilsa, u (cho‘ri) uning do‘zaxdan xalos bo‘lishiga to‘lov bo‘ladi. U 
(cho‘ri) uning har bir a’zosiga (badal bo‘ladi)» (Termiziy rivoyati). 
Qirq yettinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling