Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

ODAM O‘LDIRISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib o‘sha joyda 
abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning 
uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir» (Niso surasi, 93). 
«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh 
(o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. 
Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda 
xorlangan holida mangu qolur. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib yaxshi 
amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-
savoblarga aylantirib qo‘yur» (Furqon surasi, 68–70). 
«Ana o‘sha (qotillik) sababli Biz Bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) 
bitdik: «Kimki biron jonni (o‘ldirmagan) va yerda buzg‘unchilik qilib yurmagan 
odamni o‘ldirsa, demak, go‘yo barcha odamlarni o‘ldiribdi va kimki unga hayot 
ato etsa (ya’ni, o‘ldirishdan bosh tortsa yoki o‘limdan qutqarsa), demak, u 
go‘yo barcha odamlarga hayot beribdi» (Moida surasi, 32). 
Ya’ni, kimki bir odamni qasos olish yoki qilgan jinoyati uchun jazolash kabi sabablarsiz
bekordan-bekorga o‘ldirsa, go‘yo barcha odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Chunki uning 
uchun odamning farqi yo‘q. Shuningdek, kimki boshqa insonni o‘ldirishni harom deb 
bilsa va bu jinoyatdan qo‘lini tiysa, undan barcha insonlar salomat bo‘lishadi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar!» 
deb, ularning ichida «Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish», deya zikr 
etganlar. 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh 
nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so‘ragan edim, «Allohga boshqani teng deb 
bilishing, holbuki, U seni yaratgan», deya javob berdilar. «Bu rostdan ham ulkan gunoh, 
so‘ng qaysi?» degan edim, «Ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib, farzandingni 
o‘ldirishing!» dedilar. «Keyin-chi?» deb so‘ragan edim, «Qo‘shningning xotini bilan zino 
qilishing», deya javob berdilar» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar ikki musulmon qilichlari bilan to‘qnashsalar, 
o‘ldirgan ham, o‘lgan ham do‘zaxda», dedilar. «Yo Rasululloh, bu-ku qotil, biroq 
maqtulning gunohi nima?» deb so‘rashdi. Shunda u zot: «U ham birodarini o‘ldirishga 
ishtiyoqmand edi», dedilar (Muttafaqun alayh). 
Imom Abu Sulaymon Xitobiy aytadilar: «Bu hukm biron ta’vil sabab bilan emas, balki 
o‘zaro adovat, tarafkashlik yoki dunyo, obro‘, mansab tufayli urushganlarga taalluqlidir. 
Biroq, kimda-kim bog‘iylarga qarshi jang qilsa yoki o‘zini yo oilasini mudofaa qilsa, bu 
tahdidning unga daxli yo‘q. Chunki u o‘zini himoya etish uchun jang qilishga buyurilgan 
bo‘lib, maqsadi birodarini o‘ldirish emas. Axir u zot sollallohu alayhi vasallam: «U ham 
birodarini o‘ldirishga haris – ishtiyoqmand edi», deganlar!» 
Kimki bog‘iy yoki yo‘lto‘sar musulmonga qarshi jang qilsa, uni o‘ldirishga haris-
ishtiyoqmand bo‘lmaydi. Aksincha, o‘zini mudofaa qiladi, xolos. Agar tajovuzkor o‘z 
ishini to‘xtatsa, unga tegmaydi, ta’qib etmaydi. Hadis bunday kishilar haqida vorid 
bo‘lmagan, ularning daxli yo‘q. Aksincha, hadisda bunday (shar’iy) sabab bo‘lmay turib, 
jang qilganlar iroda qilingandir. Vallohu a’lam. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ogoh bo‘linglar, mendan keyin 
ayrimlaringiz boshqalaringizning bo‘yniga uradigan kofir bo‘lib ketmangiz!» (Muttafaqun 
alayh). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling