O'lsam nima bo'larkin Ochilmasmi ko'zlarim Mendan keyin meni ko'p


Download 27.5 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1332624
Bog'liq
O\'lsam nima bo\'larkin


O'lsam nima bo'larkin
Ochilmasmi ko'zlarim

Mendan keyin meni ko'p.

Eslarmikin do'stlarim...

O'lsam nima bo'larkin
Qiziqaman ba’zida, qiziqaman gohida

Balki paydo bo'larman

Kimlarningdir ohida


O'lsam nima bo'larkin

Yasharmikin xotiram

Men deb chindan yig'larmi

Jigarlarim jamu -jam


O'lsam nima bo'larkin

Ne bo'larkin o’ylarim

Dilda qolib ketarmi

Saqlab yurgan sirlarim


O'lsam nima bo'larkin

Qo'rqitadi xavotir

Qiynaladi sezarman

Ota Onam baribir


O'lsam nima bo'larkin

Kimdir yig'lab qucharmi

Quyosh tongdan qabrimga

Yana nurin socharmi




O'lsam nima bo'larkin..
Hamma ham unutar.
Chunki o’limidan so’ng
Unutilar odamlar
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling