Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Modomiki nohaq qon to‘kmas ekan, 
mo‘min inson dinidagi kenglikda bardavom bo‘laveradi» (Buxoriy, Muslim rivoyati). 
Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlarki: «Nohaq qon to‘kish sira qutulib bo‘lmaydigan 
halokatli ishlardandir» (Buxoriy rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni insonlar orasida birinchi 
bo‘lib qonlar xususida hukm qilinadi» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Allohga dunyoning zavol topishi 
musulmon kishining qatl etilishidan ko‘ra yengilroqdir» (Muslim va boshqalar rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Gunohi kabiralar (ushbulardir): Allohga 
shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biron jonni o‘ldirish va yolg‘on qasam» (Buxoriy 
rivoyati). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Biron bir jon mazlum holda o‘ldirilsa, 
uning qonidan bir qismi Odamning birinchi o‘g‘li bo‘ynida bo‘ladi. Chunki u qotillikni 
birinchi bo‘lib joriy etgan edi» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki ahdlashgan kishini o‘ldirsa, jannat 
hidini hidlamaydi. Vaholanki, uning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi» (Buxoriy 
rivoyati). 
Islom davlatida yashaydigan, jiz’ya to‘laydigan g‘ayridin muahid (ahdlashgan) 
hisoblanadi. Endi ahdlashgan g‘ayridinni o‘ldirishning oqibatida shu bo‘lsa, musulmonni 
o‘ldirishning oqibati qanday bo‘lar ekan... 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ogoh bo‘linglar, kimda-kim Alloh va 
Rasulining himoyasidagi ahdlashgan jonni o‘ldirsa, aniqki, u Allohning kafolatini barbod 
qilibdi. Binobarin, u jannat bo‘yini totmaydi. Vaholanki, uning bo‘yi yetmish yillik 
masofadan kelib turadi» (Termiziy rivoyati). 
Muoviya roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Alloh barcha gunohlarni kechirishi mumkin, ammo bir kishi kofir holida o‘lgan 
bo‘lsa, yoki bir kishi mo‘minni qasddan o‘ldirsa, bu gunohlarni kechirmaydi» (Nasoiy, 
Hokim rivoyati). 
Rivoyat qilinishicha, «Kimki bir mo‘minning qatl etilishiga yarimta so‘z bilan yordam 
bersa, ikki ko‘zi orasiga «Alloh rahmatidan noumid» deb yozilgan holida Allohga 
yo‘liqadi». 
Alloh taolodan ofiyat tilaymiz. 
 
 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling