Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 roziligida. Parvardigor noroziligi ota noroziligida (Ota rozi – Xudo rozi, ota norozi – Xudo norozi)», deganlar (Hokim rivoyati). Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib jihodga borishga izn so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ota-onang hayotmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», degan edi, «Ular yo‘lida jihod qilgin», dedilar» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ota-onaga yaxshilik qilishni, xizmatlariga shay turishni jihoddan ustun qo‘yganlariga bir e’tibor bering. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar beraymi? (Ular) Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar (Muttafaqun alayh). Ota-onaga yomon munosabatda bo‘lish, ularga yaxshilik qilmaslikni shirkdek eng ulkan gunoh bilan yonma-yon zikr qilganlariga ham bir e’tibor bering. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga Alloh qiyomat kunida qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaga; mast qiluvchi narsaga mukkasidan ketgan kimsaga va bergan narsasini minnat qiluvchi kimsaga», dedilar (Nasoiy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani la’natladi», dedilar (Hokim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi gunohi kabiralardandir», dedilar. «Yo Rasululloh, inson o‘z ota-onasini ham so‘kadimi?» deb so‘rashgan edi, «Ha, – dedilar. – Boshqa kishining otasini so‘kkanda, u buning otasini so‘kadi. Onasini so‘kkanda esa, buning onasini so‘kadi» (Muttafaqun alayh). Muhtoj bo‘lib qolgan ota-onaga infoq-ehson qilish ham ularga yaxshilik qilish jumlasidandir. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kishi: «Yo Rasululloh, mening mol- mulkim va bolalarim bor. Otam esa mol-mulkimni olib qo‘ymoqchi», degan edi, u zot: «O‘zing ham, moling ham otangnikidir», dedilar» (Ibn Moja rivoyati). Bir kishi Abu Dardo roziyallohu anhuning huzuriga kelib: «Ey Abu Dardo, men bir ayolga uylandim. Biroq onam uni taloq qilishimni buyurdi», degan edi, Abu Dardo: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Ota-ona jannatning eng o‘rta eshigidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang shu eshikni buzib tashla, xohlasang saqlab qol», dedilar (Termiziy, Hokim rivoyati). Amr ibn Murra Juhaniy roziyallohu anhu dedilar: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, Allohdan o‘zga iloh yo‘q va siz shubhasiz, Allohning elchisidirsiz, deb guvohlik berdim, besh vaqt namozni o‘qidim, molimning zakotini berdim va ramazonda ro‘za tutdim. Menga nima (qanday mukofot) beriladi?» deb so‘ragan edi, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim mana shu holatda vafot etsa, qiyomat kunida payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan mana shunday birga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling