«(Ey Muhammad alayhissalom), eslang, Biz farishtalarga Odamga ta’zim qiling
deyishimiz bilan ular sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib, kofirlardan
bo‘ldi» (Baqara surasi, 34).
Kimki Iblisga o‘xshab haqdan kibr qilsa, uning iymoni befoydadir.
Bandalardan ilmi tufayli takabburlik qiladigan va o‘zini boshqalardan afzal deb biladigan
kimsa eng yomon mutakabbirdir. Uning ilmi ham befoydadir. Zero, kimki oxirat uchun
ilm talab qilsa, ilmi uni bosiq – tavoze’li qilib qo‘yadi, qalbi xushu’ga to‘ladi va nafsi
xotirjam bo‘ladi. Ilm uning nafsiga qo‘riqchi-posbon bo‘lib oladi va yalqovlik qilmasdan
har vaqt uni nazorat qilib, hisob-kitob qilib turadi. Bordi-yu, g‘aflatda qolsa, nafs haq
yo‘ldan bo‘yin tovlaydi va halok etadi.
Kimda-kim faxrlanish, boshliq bo‘lish, musulmonlarni ahmoq qilish, masxaralash va
o‘zini ustun qo‘yish uchun ilm talab qilsa, yuqoridagi oyat va hadislarda aytilganidek
jannatga kirmaydi».
Kuch va quvvat buyuk va oliy Allohnikidir.
To‘rtinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |