www.ziyouz.com kutubxonasi
13
«So‘ng uning uchun Allohdan o‘zga yordam beradigan biron jamoat bo‘lmadi va
uning o‘zi ham g‘oliblardan bo‘lmadi» (Qasos surasi, 81).
Ya’ni, hech kim uni Allohning balosidan qutqarolmadi.
Parvardigoro, gunohlarimiz zulmatini ma’rifat va hidoyating nuri ila nurafshon et. Bizni
O‘zing iqbol etgan, Sendan boshqalarga yuz burmaydigan bandalaringdan ayla. Bizni,
ota-onamizni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qil. Omin.
Beshinchi gunohi kabira
MAKR VA ALDOV
Alloh taolo aytadi:
«Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur» (Fotir surasi, 43).
Ya’ni, yomon makr-hiylaning kasofati makr qilgan, uyushtirgan kimsalarning o‘ziga
uradi.
Alloh taolo munofiqlar haqida shunday deydi: «Albatta munofiqlar Allohni
aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir» (Niso surasi,
142).
Vohidiy aytganlarki, ular aldamoqchi bo‘lganlari uchun o‘zlariga yarasha muomala
qilinadi. Ya’ni, xuddi mo‘minlarga berilgani singari ularga ham nur beriladi. Yo‘lga
tushganlarida esa nurlari o‘chib qoladi-da, zulmatda qolib ketadilar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli besh toifa», dedilar-da, ulardan
biriga «tong otsa ham, kech kirsa ham seni ahli oilang va molu dunyoing borasida
aldamoqchi bo‘ladigan kimsa», deb ta’rif berdilar (Muslim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilarki: «Mo‘min sodda, ulug‘ bo‘ladi, fojir esa makkor, xor bo‘ladi» (Termiziy, Abu
Dovud rivoyati).
Ya’ni, mo‘min odam ochiqko‘ngil, sodda bo‘ladi. Birovga makr qilmaydi. Balki o‘zi
ishonuvchan, ochiqko‘ngil bo‘lgani sababli aldanib qolishi mumkin. Fojir esa odamlar
orasida fasod qo‘zg‘ab yuradigan aldoqchi bo‘ladi.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Aldoqchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi», dedilar» (Termiziy
rivoyati).
Oltinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |