Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


turur va shubhasiz, sizlar Uning huzuriga to‘planursizlar»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

turur va shubhasiz, sizlar Uning huzuriga to‘planursizlar» (Anfol surasi, 24). 
 
Mujohid aytganlarki: «Buning ma’nosi, Alloh banda bilan uning aqli orasini egallab – 
to‘sib turadi. Hattoki, banda barmoqlari nima qilayotganini ham bilmay qoladi». 
 
Tabaroniy: «Bu oyat Alloh taoloning bandalar qalbiga ularning o‘zlaridan ko‘ra molikroq 
ekanini, U agar xohlasa, banda bilan uning qalbi orasini egallab – to‘sib olishini va inson 
Allohning xohishi bilangina biron narsani idrok etishini xabar qiladi», deydilar. 
 
Sahih hadisda keladi: «Albatta, sizlardan bir kishi jannat ahli amallarini qiladi. Hattoki, u 
bilan jannat orasida bir ziro’ masofa qoladi. Shunda unga kitob (taqdir) yetib keladi-da
do‘zax ahli amalini qiladi va do‘zaxga kiradi» (Muttafaqun alayh). 
 
«Jannat ahlining amalini qiladi», degani, insonlarga shunday ko‘rinadi. Aslida esa u 
amalning yashirin bir illati bo‘ladi. Agar u rostdan ham solih, maqbul amal bo‘lganida 
edi, Alloh uni yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan, uning amalini botil qilmagan bo‘lardi. 
Shuning uchun, oxiri nima bilan tugashini bilmasdan turib, amalning zohiri bilan 
g‘ururlanmaslik kerak. Chunki amallar xotimasi bilan e’tiborlidir. 
 
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam ko‘pincha: «Yo‘q, qalblarni o‘zgartiruvchi zotga qasamki», deb ont ichardilar» 
(Buxoriy rivoyati). 
 
Sahl ibn Sa’d Saidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Bir kishi do‘zax ahli amalini qiladi, holbuki, u jannat ahlidandir. Yana 
bir kishi jannat ahli amalini qiladi, holbuki, u do‘zax ahlidandir. Darhaqiqat, amallar 
xotimasi bilan e’tiborlidir» (Buxoriy rivoyati). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling