Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
Fasl 
 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu xamr ichishni gunohi kabiralarning eng kattasi deb 
bilganlar. 
 
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Abu Bakr, Umar va boshqa kishilar 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin o‘tirib eng ulkan gunohi 
kabiralar haqida zikr qildilar. Bu borada ular ilmsiz bo‘lib, meni Abdulloh ibn Amrdan 
so‘rab kelish uchun yubordilar. U kishi menga: «Eng katta gunohi kabira xamr ichish», 
dedilar. Qaytib kelib ularga bu gapni aytgan edim, buni inkor qilishdi va barchalari turib 
uning hovlisiga yo‘l olishdi. U kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday 
deganlar: «Bani Isroil podshohlaridan biri bir kishini tutib, uni xamr ichish yoki odam 
o‘ldirish, yoki zino qilish, yoxud to‘ng‘iz go‘shtini yeyish va yo o‘zini qatl etishlaridan 
birini tanlash ixtiyorini bergan edi, u xamrni tanladi. Xamrni ichganidan keyin esa, undan 
nimani talab qilishsa, tap tortmadi. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Kimda-kim xamr ichsa qirq kecha uning namozi qabul qilinmaydi. Qovug‘ida biron 
tomchi xamr bo‘lgan holida vafot etsa, aniqki, u sababli unga jannat harom bo‘ladi. 
Bordi-yu, u qirq kecha mobaynida vafot etsa, johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi», deb 
ularga xabar berdilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati). 
 
Fasl 
 
Xamr aqlni o‘tmaslashtiradigan, aql ko‘zini ko‘r qiladigan narsa bo‘lib, uning ho‘lu 
qurug‘i, yeyimligu ichimligi bir xil zararlidir. 
 
Nasha o‘simligi yaprog‘idan tayyorlanadigan narsa (nasha) ham harom bo‘lib, xamr 
ichgan kishi singari, uni chekkan kishiga ham had-darra uriladi. Chunki u ham «Har bir 
mast qiluvchi narsa xamrdir» hadisiga binoan xamrning bir turidir. 
 
Nasha aql va fe’l-atvorni buzib, kishini dayus, xotinchalish qilib qo‘yishi va bundan 
boshqa salbiy xususiyatlari bilan xamrdan battarroq bo‘lsa, xamr urish-janjal, qotillikka 
olib borishi bilan nashadan yomonroqdir. Biroq ikkalasi ham Allohni zikr qilishdan va 
namozdan to‘sadi. 
 
Nasha suyuq emas, quyuq narsa bo‘lgani bois, ulamolar uning pok yoki najasligi 
hususida uch xil fikrni bildirganlar: 
1) nasha ham aroq kabi najosatdir. Sahih hukm shudir; 
2) uning qurug‘i pok, suyug‘i najasdir; 
3) quyug‘ining suyug‘idan farqi bor; 
 
Har qanday holatda ham nasha Alloh va Rasuli harom qilgan mast qiluvchi xamr safiga 
kiradi. 
 
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Yo Rasululloh, biz Yamanda tayyorlaydigan ikki 
ichimlik haqida fatvo bering. Biri «bit’a» deb nomlanib, asaldan tayyorlanadi, ikkinchisi 
«mizar», deb atalib, zarra va arpadan tayyorlanadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam juda balog‘at va fasohat bilan so‘zlar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: 
«Namozdan chalg‘itadigan har bir mast qiluvchi narsadan qaytaraman», dedilar». 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling