Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
143 Oltmish birinchi gunohi kabira MUSULMONLARNING NOZIK JIHATLARINI OCHISH Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni, Zubayrni va Miqdod ibn Asvadni yubora turib: «Xox nomli boqqa boringlar. U yerda bir cho‘rini uchratasizlar. Unda maktub bor. O‘sha maktubni olib kelinglar», dedilar. Biz yo‘lga tushdik. Otlarimizni choptirib, boqqa yetib bordik. U yerda cho‘rini uchratdik. Unga: «Maktubni chiqar», degan edik, u: «Menda hech qanday maktub yo‘q», dedi. «Yo maktubni chiqarib ber yoki kiyimlaringni yechib tintamiz», deganimizdan keyin turmaklangan sochining orasidan maktubni chiqarib berdi. Uni olib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga keltirdik. Unda: «Hotam ibn Abu Balta’adan Makka ahlining ayrim mushriklariga» deyilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi ishlari haqida xabar bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Hotam, bu nima?» deb so‘ragan edilar, u: «Yo Rasululloh, xulosa chiqarishga shoshilmang. Men Qurayshlik emasman. Faqat ular bilan qo‘shni edim. Siz bilan birga bo‘lgan muhojirlarning esa Makkada qolgan bola-chaqalarini himoya qiladigan qarindoshlari bor. Mening bunday nasab-qarindoshlarim bo‘lmagani bois ularga yaxshilik qilishni va buning evaziga u yoqda qolgan yaqinlarimni himoya qilishni xohladim. Bu ishni kofir va murtad bo‘lganimdan yoki Islomdan so‘ng kufrga rozi bo‘lganimdan qilmadim», dedi. Rasululoh: «U rostni aytdi», dedilar. Shunda Umar: «Yo Rasululloh, ijozat bering, men bu munofiqlarning kallasini olay», degan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Badrda qatnashgan. Sen qaerdan bilasan, ehtimol Alloh Badr ahlining qay ahvolga tushganini bilgani bois: «Istagan ishinglarni qilinglar, sizlarni mag‘firat qildim», degandir», dedilar». Mazkur hadisda bayon qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Hotam ibn Abu Balta’ani qilgan ishi uchun o‘ldirmoqchi bo‘lganlar. Biroq u Badr g‘azoti ishtirokchisi bo‘lgani bois, uni qatl etishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam man qilganlar. Agar Islomning zaiflashishi, musulmonlarning qatl etilib, asirga olinib, talon-tarojga uchrashlariga josus-ayg‘oqchi sababchi bo‘lsa, u fasod tarqatuvchi, ekin va nasllarni halok etuvchilardan hisoblanadi. Binobarin, uni jazolash, qatl etish shart bo‘lib qoladi. Allohdan afv va ofiyat tilaymiz. Chaqimchilik gunohi kabira hisoblansa, josusning chaqimchiligi yanada ulkanroq, kattaroq gunoh bo‘lishini har bir es-hushli odam yaxshi biladi. Alloh O‘z panohida saqlasin. Undan afv va ofiyat tilaymiz. U mehribon, har narsadan xabardor, marhamatli va saxovatli zotdir. Oltmish ikkinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling