Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» degan oyat bor emasmi?» dedilar. 
 
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa 
odamga qiyomat kuni Alloh gapirmas, (rahmat) nazari bilan boqmas, ularni 
(gunohlaridan) poklamas va ular uchun alamli azob bo‘lur», dedilar. «Yo Rasululloh, kim 
ular – ziyonkor bechoralar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni 
uch bora takrorladilar-da: «Kiyimini uzunligidan yerga sudrab yuruvchi kimsa, yolg‘on 
qasam bilan molini o‘tqazuvchi, minnat qiluvchi kishi», deya javob berdilar» (Ahmad, 
Muslim va boshqalar rivoyati). 
 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: 
«Gunohi kabiralar – Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on qasam 
ichish», dedilar» (Buxoriy, Nasoiy, Termiziy rivoyati). 
 
Yolg‘on qasam o‘z sohibini bu dunyoda gunohga, u dunyoda esa do‘zaxga botiradi. 
 
Fasl 
 
Alloh azza va jalladan boshqa narsa bilan qasam ichish ham gunohi kabira hisoblanadi. 
Masalan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, farishtalar, Ka’ba, osmon, suv, hayot, 
omonat, jon, bosh va shu kabi narsalar bilan qasam ichish mumkin emas. 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishdan 
qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim 
bo‘lsin», degan (Buxoriy, Muslim rivoyati). 
 
Boshqa bir sahih hadisda esa: «Bas, kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, faqat Alloh nomi 
bilan qasam ichsin yoki sukut saqlasin», deyilgan. 
 
Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Tog‘utlar bilan ham, ota-bobolaringiz bilan ham qasam ichmanglar», dedilar» 
(Muslim rivoyati). 
 
Tog‘utlar – shayton va but-sanamlar. 
 
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim 
omonat bilan qasam ichsa, u bizdan emas», dedilar» (Abu Dovud rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib: «Men Islomdan begonaman», 
desa va u agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, rost gapirgan bo‘lsa ham, aytganidekdir. 
Agar gapi rost bo‘lsa, u Islomga sira salomat holida qaytmaydi», dedilar (Abu Dovud, 
Nasoiy rivoyati). 
 
Ibn Umar roziyallohu anhu bir kishining: «Ka’baga qasamki», deganini eshitib qolib: 
«Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning: «Kim Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk 
keltiribdi», deganlarini eshitganman», dedilar. 
 
Ayrim ulamolar mazkur hadisdagi: «Kufr yoki shirk keltiribdi» jumlasini mubolag‘a deb 
tafsir qilishgan. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Riyoning ozginasi ham 
shirkdir» hadisi shariflariga monanddir. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib turib: «Lot va Uzzoga 
qasamki» deb yuborsa, u darhol: «La ilaha illalloh» desin», deganlar. (Buxoriy, Muslim 
rivoyati). 
 
Ayrim sahobalar Islomga endi kirgan vaqtlarida, tillari o‘rganib qolgani uchun shunday 
qasam ichib yuborar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlari 
bilmagan holda aytib yuborgan so‘zlariga kafforat bo‘lishi uchun darhol: «La ilaha 
illaloh», deyishni buyurar edilar. Tafviq Allohdan. 
 
 
Oltmish uchinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling