Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
birontangizni bo‘kirayotgan tuya yoki mo‘rayotgan sigir yo ma’layotgan qo‘y ko‘tarib, 
Allohga duch kelganini ko‘rmayin», dedilar. Keyin qo‘ltiqlarining oqi ko‘rinadigan 
darajada qo‘llarini ko‘tarib: «Ey Allohim, yetkazdimmi?» deb aytdilar (Buxoriy, Muslim, 
Abu Dovud rivoyati). 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan 
Xaybarga chiqdik. Alloh bizga uni fath etdi. Biz tilla ham, kumush ham o‘lja olganimiz 
yo‘q. Har xil buyum, kiyim-kechak o‘lja oldik. So‘ng Quro vodiysiga yo‘l oldik. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam bilan birga Bani Jizomlik bir kishi hadya qilgan qullari ham bor 
edi (U Bani Zobib qabilasidan bo‘lib, Rufo’a ibn Yazid deb atalar edi.) Vodiyga kelib 
tushganimizdan so‘ng, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilarida turib, 
ulovlarining tushovlarini yechayotgan edi. Shu payt unga paykon kelib tegdi va shu 
tufayli o‘ldi. Biz: «Yo Rasululloh, unga shahidlik muborak bo‘lsin», degan edik, u zot 
sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki
hali taqsimlanmagan o‘ljadan qolgan yopinchiq uni olov bo‘lib kuydiradi», dedilar. 
Bundan odamlar vahimaga tushdi. Bir kishi bir yoki ikki dona bog‘ich olib kelib: «Xaybar 
kunida topib olgan edim», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olovli 
bog‘ich yoki olovli ikkita bog‘ich», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy 
rivoyati). 
 
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
mulozimlari orasida Karkara ismli bir kishi bor edi. U vafot etganda Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar. Odamlar borib uni ko‘zdan kechirdilar va junli 
yopinchiq (engsiz to‘n) topdilar. U yopinchiqni xiyonat qilib olgan edi» (Buxoriy rivoyati). 
 
Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
sahobalaridan biri Xaybar kuni vafot etdi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 
zikr qilishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Sohibingizga janoza o‘qinglar», 
dedilar. Bundan odamlarning yuzlari o‘zgarib ketdi. Shunda u zot sollallohu alayhi 
vasallam: «Sohibingiz Alloh yo‘lidagi (narsaga) xiyonat qildi», dedilar. Biz uning 
kiyimlarini taftish qilib, bir yahudiy bigizini topdik. U ikki dirham ham turmas edi» 
(Molik, Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati). 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Amirlarning hadyalari xiyonatdir», deganlar 
(Tabaroniy rivoyati). 
 
U zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh tahoratsiz namozni ham, xiyonatdan 
bo‘lgan sadaqani ham qabul qilmaydi» (Muslim rivoyati). 
 
Imom Ahmad roziyallohu anhu aytganlar: «Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallamning xiyonatkor va o‘z joniga qasd qilgan kimsadan tashqari birontasining 
janozasini o‘qishdan bosh tortganini bilmaymiz». 
 
Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U 
marhamatli zotdir. 
 
 
 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling