Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Kim Alloh va Rasuliga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Kim Alloh va Rasuliga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan
tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 14). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Xamr harom qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayrim sahobalari boshqalarining oldiga borib: «Xamr harom qilindi va shirkka tenglashtirildi», dedilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati). Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 134 Xamr, shak-shubhasiz, barcha nopok ishlarning onasi bo‘lib, ko‘plab hadislarda uni ichgan odam la’natlangandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Kimki bu dunyoda xamr ichsa va uni ichishga odatlangan holda vafot etsa, oxirat sharobini ichmaydi» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Mast qiluvchi ichimlikni ichgan kishini «Tiynatul xobal»dan (chiqindilar aralashmasi) sug‘orish xususida Alloh huzurida ahd, qat’iy qaror bor», dedilar. «Yo Rasululloh, «Tiynatul xobal» nima?» deb so‘rashgan edi, «Do‘zax ahlining terlari yoki do‘zax ahlidan ajralgan suyuqliklar», deya javob berdilar» (Muslim rivoyati). Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Kim bu dunyoda xamr ichsa-yu, so‘ng u uchun tavba qilmasa, oxiratda sharobdan mahrum bo‘ladi» (Muslim rivoyati). Ibn Abbos rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim xamrga mukkasidan ketgan holda Allohga yo‘liqsa, U zotga xuddi butparast singari yo‘liqibdi», dedilar» (Ibn Hibbon rivoyati). Ya’ni, xamr ichishni halol deb bilgan kimsa butparast bilan barobardir. Xamrga mukkasidan ketgan kimsa tavba qilmay vafot etsa, jannatga kirmasligi xususida Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: «Xamrga mukkasidan ketgan kimsa jannatga kirmaydi!» Boshqa bir hadisda: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiq qilgan kimsa», deyilgan (Imom Ahmad, Tabaroniy va Abu Ya’lo rivoyati). Alloh mastning bironta yaxshiligini qabul qilmaydi. Bu xususda Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi va ularning bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayiniga qaytib, qo‘lini uning qo‘liga qo‘ymagunicha, erini g‘azablantirgan – norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Tabaroniy, Ibn Hibbon, Ibn Huzayma, Bayhaqiy rivoyati). Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xamr ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Bordi- yu qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichsa, qirq tong uning namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Mabodo, to‘rtinchi marta qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qilmaydi. Alloh undan g‘azablanadi va uni Xobal daryosidan sug‘oradi», dedilar». Bir kishi Ibn Umar roziyallohu anhudan: «Ey Abu Abdurahmon, Xobal daryosi nima?» deb so‘ragan edi, u: «Do‘zax ahlining yiringlari oqadigan daryo», deb javob berdilar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling