Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 hijoblaninglar (o‘zingizni parda ortiga olinglar)» dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, u kishi ko‘r emasmi? Bizni ko‘rmaydilar-ku», degan edik, u zot: «Nima, sizlar ham ko‘rmaysizlarmi? Uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Erkaklar nomahram ayollardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlaridek, ayollar ham nomahram erkaklardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlar. Mabodo, ayol kishi ota-onasini yoki qarindoshlarini ziyorat qilish, hammomga borish kabi zaruriy ishlar uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lsa, yasan-tusan qilmasdan, o‘ziga oro bermasdan, keng, qalin kiyim kiyib, erining ruxsati bilan chiqsin. Yo‘lda ketayotganida u yoq-bu yoqqa alanglamasdan, yerga qarab, yo‘l chetidan yurishi lozim. Illo, osiy bo‘ladi. Hikoya qilishlaricha, bir ayol uyidan tashqariga chiqqanda yasan-tusan qilib yurar edi. U vafot etgach, qarindoshlaridan biri tushida uni ko‘ribdi. U Alloh azza va jalla huzuriga yupqa kiyimda boribdi. Shu payt birdan shamol esib, ayol ochilib qolibdi. Alloh taolo undan yuz o‘giribdi-da: «Uni chap tomonidan ushlab do‘zaxga tashlanglar. U dunyoda yasan-tusan qiluvchilardan edi», debdi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bironta ayol dunyoda eriga ozor bersa, u (kishi)ning hurul iynlardan bo‘lgan xotini: «Alloh halok qilgur, unga ozor berma. U sening oldingda vaqtincha mehmon xolos. U yaqinda sendan ajrab, bizga keladi», deydi» (Termiziy rivoyati). Fasl Ayol eriga itoat etishga, roziligini qozonishga buyurilganidek, er ham xotiniga ehson qilishga, lutf-marhamat ko‘rsatishga, uning ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilishga, yaxshi, tinch-totuv yashash, yedirib-ichirish va kiydirish kabi haqlarini ado etishga buyurilgan. Alloh taolo aytadiki: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling