Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammad alayhissalom haq
payg‘ambar ekani haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin yashiradigan kimsalarni, shubhasiz, Alloh la’natlagay va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlagaylar» (Baqara surasi, 159). Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga taqlid qiladigan ayollarni, «turmush qurmay o‘taman», deydigan zohid erkaklarni va shunday zohid ayollarni hamda yolg‘iz musofirni la’natladilar. Bu (ya’ni, yolg‘iz musofirni la’natlaganlari) sahobalarga yoqmadi. Bu ularning yuzlaridan bilinib turardi. Rasululloh keyin: «Yolg‘iz o‘zi uxlovchi ham (mal’undir)», dedilar» (Imom Ahmad rivoyati). Fasl Gunohlardan saqlangan musulmonni la’natlash haromligiga musulmonlar «ijmo’» qilishgan. Biroq qoralangan sifat egalarini la’natlash joiz. Masalan, «Alloh zolimlarni la’natlasin», «Alloh kofirlarni la’natlasin», «Alloh nasoro-yu yahudlarni la’natlasin», deyish mumkin. O‘g‘ri, zolim, zinokor, sudxo‘r yoki yahudiy bo‘lgan muayyan bir insonni la’natlash, hadislar zohiriga binoan harom emas. Imom Fazzoliy rahimahulloh hazratlari esa buning haromligiga ishora qilganlar va Abu Lahab, Abu Jahl, Fir’avn, Homon kabi kofir holida o‘lgani ma’lum kimsalarnigina la’natlash joiz deb bilganlar. «Chunki la’natlash – Alloh rahmatidan chetlanish deganidir. Biz fosiq yoki kofirning xotimasi qanday bo‘lishini esa bilmaymiz, deydilar. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan muayyan kimsalarni la’natlash Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 96 joiz. Chunki u zot sollallohu alayhi vasallam ularning kofir holida o‘lishlarini aniq bilganlar. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Alloh va Rasuliga osiylik qilgan Ra’l, Zakvon va Usayya (yoki Asiyya) qabilalarini la’natlagin», deganlar (Muslim rivoyati). Biror kishini duoibad qilish ham qariyib la’natlash bilan barobardir. Hattoki, zolimni «Alloh jismini sog‘ qilmasin» «Alloh salomat qilmasin» kabi so‘zlar bilan duoibad qilish durust emas. Bularning barchasi qoralangandir. Shuningdek, jonli-yu jonsiz barcha mavjudotni la’natlash ham nojoiz. Ayrim ulamolar aytganlarki: «Kimda-kim la’natga munosib bo‘lmagan kishini la’natlasa, darhol so‘zini qaytarib olsin...» Fasl Amri ma’ruf-nahiy munkar qiluvchi va har bir nasihatgo‘y qarshisidagi kishiga: «Holingga voy bo‘lsin» «Ey holi zaif», «Ey loqayd», «Ey o‘ziga zolim» kabi so‘zlarni aytsa joiz. Bunda faqat yolg‘onga o‘tib ketmasligi va rost bo‘lsa-da, qo‘pol, behayo so‘z so‘zlamasligi darkor. Odob berish, yomon xulqlardan qaytarish va so‘z ta’sirchan bo‘lishi uchun yuqorida zikr qilingan jumlalarni so‘zlash mumkin, xolos. Vallohu a’lam. Ey Allohim, qalblarimizni o‘zingdan boshqaga bog‘lanib qolishdan pokla, bizni O‘zing yaxshi ko‘rgan va O‘zingni yaxshi ko‘rgan qavmdan qil. Bizni, ota-onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat ayla. Qirq ikkinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling