Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 bermas!» (Muddassir surasi, 42–48). «Sahihul Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Kimki asr namozini tark etsa, uning amali aniq habata bo‘libdi (ya’ni, behuda ketibdi)». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Namozni tark etmagin. Zero, kimki namozni qasddan tark etsa, darhaqiqat, undan Allohning zimmasi (himoyasi) soqit bo‘ladi» (Tabaroniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlarga qarshi ular to Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik bermagunlaricha, namozni qoim qilmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha jang qilishga buyurildim. Agar shuni qilsalar, mendan qonlari-yu mollarini saqlagan bo‘ladilar. Biroq, islom haqi bundan muntasno. Ularning hisobi Allohga havola» (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki namozni muhofaza qilsa, qiyomat kunida u uchun (namozi) nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimda-kim uni muhofaza qilmasa, unga nur ham, hujjat ham, najot ham bo‘lmaydi va u qiyomat kunida Qorun, Fir’avn, Homon hamda Ubay ibn Xalaflar bilan birga bo‘ladi» (Imom Ahmad rivoyati). Ayrim ulamolar aytishlaricha, «Namozni tark etgan kimsa ana shu to‘rt mal’un bilan birga qayta tiriladi. Chunki uni namozdan yo molu davlati, yo mulk-saltanati, yo vazirlik- mansabi va yo tijorati mashg‘ul qilgan. Kimki namozdan molu davlati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Qorun bilan birga tiriladi. Kimki namozdan mulk-saltanati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Fir’avn bilan birga tiriladi. Kimki namozdan vazirlik – mansabi sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Homon bilan birga tiriladi. Kimki namozdan tijorati sababli mashg‘ul bo‘lsa, u Makkadagi kofirlarning tijoratchisi bilan birga tiriladi». Umar ibn Xattob roziyallohu anhu jarohatlangan vaqtlarida: «Ey amiral mo‘minin, namoz (ya’ni, namozni o‘qib oling)», deyishdi. Shunda u zot roziyallohu anhu: «Ha, to‘g‘ri. Namozni zoe qilgan biron bir kishi uchun Islomda nasiba yo‘q», dedilar-da namozni o‘qidilar. Jarohatlaridan esa qon oqib turardi. Abdulloh ibn Shaqiq Tobi’iy roziyallohu anhu deydilar: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari namozdan boshqa hech bir amalni tark etishni kufr deb hisoblamasdilar» (Termiziy rivoyati). Ibrohim Naxa’iy va Ayyub Sahtiyoniylar ham shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh deganlar: «Agar banda qabriga qo‘yilsa, birinchi bo‘lib so‘raladigani – namozdir. Agar namozi yaroqli topilsa, uning boshqa amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb bo‘lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga qaralmaydi». Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan kechiktirish va mo‘minni nohaq o‘ldirishdan ko‘ra ulkanroq gunoh yo‘q», deganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling