Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz»
Fasl
Ta’ziya xususida Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi bir mo‘min musibat yetgan birodariga ta’ziya bildirsa, Alloh unga qiyomat kuni ulug‘lik libosini kiygazadi» (Ibn Moja rivoyati). Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima roziyallohu anhodan: «Ey Fotima, uyingdan chiqishga seni nima majbur qildi?» deb so‘ragan edilar, qizlari: «Yo Rasululloh, mana bu mayyitning ahli-yaqinlariga borib, mayyitga (Allohning) rahmatini tiladim va ularga ta’ziya izhor qildim», deya javob berdilar» (Abu Dovud rivoyati). Rivoyatlarda kelishicha, musibatzadaga ta’ziya bildirgan kishi musibatzadaning ajri miqdoricha ajrga ega bo‘ladi; eridan tul qolgan xotinga ta’ziya bildirgan kishiga jannat to‘ni kiydiriladi. Ta’ziya sabrga undash va musibatni yengillatadigan, qayg‘uni aritadigan so‘zlar bilan tasalli berishdir. U amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘z ichiga olganligi bois mustahab bo‘lib, «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2) oyati karimasini amalda tadbiq qilishning bir ko‘rinishidir. Dafn marosimidan oldin ham, keyin ham ta’ziya bildirish mustahab hisoblanadi. Imom Shofe’iy ashoblari: «Mayyit o‘lgan paytdan dafn qilinganining uchinchi kunigacha ta’ziya bildirish lozim», deyishgan bo‘lsa, bizning ashoblarimiz: «Uch kundan keyin ta’ziya bildirish makruh. Chunki ta’ziya musibatzadaning qalbini tinchlantiruvchi vosita bo‘lib, odatda, uch kundan keyin qalb tinchlangan bo‘ladi. Uning qayg‘usini yangilashning esa keragi yo‘q», deganlar. Abu Abbos aytganlarki: «Uch kundan keyin ham ta’ziya bildirilsa bo‘laveradi. Uning vaqti cheklanmagan». Navaviy aytganlar: «Bu boradagi muxtor (tanlangan, mo‘’tabar) gap shuki, uch kundan keyin ta’ziya bildirilmaydi. Mabodo, ta’ziyachi yoki musibatzoda dafn vaqtida yo‘q bo‘lib, uch kun o‘tgandan so‘ng kelsa, unda ta’ziya bildiriladi». Dafn qilingandan keyin ta’ziya bildirish ma’qulroq. Chunki mayyitning yaqinlari to dafn qilinguncha, o‘likni jihozlash ishlari bilan ovora bo‘ladilar. Shuningdek, dafn qilingandan so‘ng ularning qayg‘ulari kuchayadi. Agar ular betoqat, besabr bo‘lsalar, ularni tinchlantirish uchun dafndan oldin ham ta’ziya bildirsa bo‘laveradi. Mayyitning yaqinlari ta’ziya bildiruvchilarni qabul qilish uchun bir uyda yig‘ilib turishlari makruh. Bu hukm erkagu ayollarga birdek tegishli. Ular o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari kerak. Ta’ziya duosi esa mashhurdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling