Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
BERGAN NARSANI MINNAT QILISH
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
BERGAN NARSANI MINNAT QILISH
Alloh taolo aytadi: «Ey iymon keltirganlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang!» (Baqara surasi, 264). Kalbiy: «Qilgan sadaqasini Allohga minnat qilish va olgan odamga ozor berish bilan», deb tafsir qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga gapirmaydi, qaramaydi, ularni poklamaydi va ularga alamli azob bordir: kiyimini uzun qilib yerga sudrab yuruvchi, minnatchi va yolg‘on qasam bilan molini o‘tkazuvchi» (Muslim rivoyati). Boshqa bir hadisda: «Qiyomat kunida Alloh uch toifa odamga – ota-onasiga oq bo‘lgan, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan va bergan narsasini minnat qilgan odamga qaramaydi. Shuningdek, uch toifa kimsa jannatga kirmaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan, dayus va erkakshoda ayol», deyilgan (Nasoiy, Bazzor rivoyati). Erkakshoda ayoldan murod erkaklarga taqlid qiladigan ayoldir. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Makkor-aldamchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi» (Termiziy rivoyati). «Yaxshilikni minnat qilishdan ehtiyot bo‘linglar, chunki u shukrni yo‘q qiladi, ajrni ketkazadi», degan xabar ham rivoyat qilingan. Ibn Siyrin bir kishining boshqa birovga, senga yaxshilik qildim, undoq qildim, bundoq qildim, deyayotganini eshitib qoldilar-da, unga: «Jim bo‘l. Agar sanaladigan bo‘lsa, yaxshiliklarda naf yo‘q», dedilar. Ayrim ulamolar aytgan ekanlarki: «Kim qilgan yaxshiligini minnat qilsa, noshukr bo‘ladi, Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 58 kim o‘z amalidan g‘ururlansa, ajri ketadi». Imom Shofe’iy quyidagi ma’nodagi misralarni o‘qigan ekanlar: «Odamlarga og‘irliging tushmasin, toki senga minnat qilishmasin. O‘zingning ulushingni ixtiyor qilib sabr et, zero sabr jannatdir. Birovlarning minnati qalbga tishlagandan ko‘ra qattiqroq ta’sir qiladi». Yigirma uchinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling