Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
 
Solihlardan biri vafot etgandan so‘ng, bir kishi uni tushida ko‘rib: «Alloh sizga qanday 
muomala qildi?» deb so‘ragan ekan, u kishi: «Yaxshi. Biroq, men birovdan qarzga igna 
olib, qaytarmagan edim. Shu igna tufayli jannatga kirolmay turibman», deb javob 
beribdi. 
 
Ulamolar fatavolarida quyidagi so‘zlar bor: «Xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi 
(sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron 
narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini 
yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi, 
sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini 
yeyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar sirasiga kiradi». 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida ayrim kishilarni olib 
kelishadi. Ularning Tuhoma tog‘icha keladigan yaxshiliklari bo‘ladi. Ular keltirilgach, Alloh 
ularning yaxshiliklarini to‘zg‘igan g‘uborga aylantirib qo‘yadi-da, o‘zlari do‘zaxga 
uloqtiriladi». «Yo Rasululloh, bunday bo‘lishining boisi nedur?» deya so‘rashgan edi: 
«Ular namoz o‘qir, ro‘za tutar va haj qilar edilar. Biroq, ular biron-bir harom narsaga 
duch kelsalar, uni olishar edi. Shu bois, Alloh ularning amallarini behuda qiladi», deb 
javob berdilar» (Tabaroniy rivoyati). 
 
Alloh taolodan afv, ofiyat va O‘zi suygan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq qilishini 
tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mehribon va rahmli zotdir. 
    
 
Yigirma to‘qqizinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling