Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


TAROZI, O‘LCHOV VA SHU KABI NARSALARDAN URIB QOLISH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

TAROZI, O‘LCHOV VA SHU KABI NARSALARDAN URIB QOLISH 
 
Alloh taolo aytadi: 
 
«(O‘lchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular 
odamlardan (biron narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga 
o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir» 
(Mutaffifun surasi, 1-3). 
 
Ya’ni, ular shunday kimsalarki, agar o‘zlari boshqalardan biron narsa olishsa, to‘liq qilib 
olishadi, boshqalarga biron narsa sotishsa, urib qolishadi. 
 
Suddiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga 
kelgan vaqtlarida u yerda Abu Juhayna ismli kishi bor edi. Uning ikkita «mikyoli» 
(o‘lchov asbobi) bo‘lib, biri bilan odamlarga o‘lchab berar, ikkinchisi bilan o‘ziga o‘lchab 
olar edi. Shu bois Alloh mazkur oyatni nozil qildi». 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Besh ish besh ishga bog‘liq». «Yo 
Rasululloh, biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lgan besh ish qaysi?» deb so‘rashdi. «Qaysi qavm 
ahdini buzsa, Alloh ularga dushmanlarini hukmron qilib qo‘yadi. Alloh nozil etgan 
narsadan boshqasi bilan hukm qilsa, ularda faqirlik yoyiladi. Fahsh ishlari avj olsa, Alloh 
ularga o‘lat yuboradi, ya’ni o‘lim ko‘payadi. O‘lchov va tarozidan urib qolsa, nabototlar 
o‘smay, bir necha yil qurg‘oqchilikka duchor bo‘ladilar. Zakot bermasalar, yomg‘ir 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
yog‘may qo‘yadi», dedilar» (Tabaroniy rivoyati). 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling