Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Shayton ham qochgay.. 

Bir kuni Umar ibn Xattobning (r.a.) janobi Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgilari kelib qoldi. 

Payg‘ambar alayhissalomning xonadonlariga yetib borib, u zotning huzurlariga kirmoqqa 

izn so‘radilar. Shu paytda ichkarida Quraysh qabilasining bir guruh ayollari bor edi. 

Erkaklar qatori ayollar ham o‘zlarini qiziqtirgan, yechisha olmayotgan savollariga javob 

so‘rab, tez-tez Rasuli akramning (s.a.v.) huzurlariga kelib turishardi. Bu gal ham ular 

ezmalanib nimanidir so‘rab turishgan ekan. Rasulullohning (s.a.v.) ovozlari ayollarning 

shanqi tovushlari orasidan arang quloqqa chalinib qolardi. 

Ijozat bo‘lgach, hazrati Umar ichkariga kirib bordilar. U kishining kirganini ko‘rgan 

ayollar shosha-pisha hijob-ro‘mollariga o‘ranib olishdi. Bu holatni ko‘rib janobi Rasululloh 

(s.a.v.) miyig‘larida chiroyli tabassum qilib qo‘ydilar. Hazrati Umar buni ko‘rib: «O’ 

Rasululloh, ota-onam sizga fido bo‘lsin, Alloh taolo sizni umr bo‘yi kuldirsin», dedilar. 

Shunda janobi Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Men hozir manavi huzurimdagi 

ayollardan taajjubdaman, sening ovozingni eshitib, ular shosha-pisha ro‘mollarini o‘rab 

olishdi». Hazrati Umar bunga javoban: «Siz ayollarning izzat-ehtirom va hayo 

qilmoqliklariga hammadan ham haqliroqsiz», dedilar va ayollarga o‘girilib, ularga 

dashnom berdilar: «Ey o‘ziga-o‘zi dushmanlar, nechun mendan uyalib, Allohning 

Rasulidan hayo qilmaysizlar?» Ayollar bu ta’naga javoban chuvillashib: «Siz janobi 

Rasulullohga nisbatan qo‘polroq va dag‘alroqsiz, vajohatingizdan qo‘rqamiz», deyishdi. 



Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

16

Shunda Rasuli akram (s.a.v.) shunday dedilar: «Ey Xattobning o‘g‘li! Jonim qo‘lida 



bo‘lgan zot haqqi, agar sening yo‘lingdan hatto shayton chiqib qolsa, (dag‘alligingdan 

qochib) boshqa yo‘lga burilib ketgay!» Ayollar Payg‘ambar alayhissalomning gaplarini 

tasdiqlab, bosh silkib qolishdi. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling