Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
«O’liklarimiz – jannatda»
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
«O’liklarimiz – jannatda» Uhud g‘azoti Badr jangi kabi makkalik mushriklarga qarshi olib borilgan dahshatli urushlardan edi. Mushriklar avvalgi urushdagi mag‘lubiyatlari alamini olish uchun jon- jahdlari bilan jang qilishardi. Qurayshiylardan Ibn Shihob, Utba, Ibn Qomiya, Ubay ibn Xalaflar qanday bo‘lmasin, hazrati Payg‘ambarni (s.a.v.) o‘ldirishga qaror berib, u zotning qarorgohlariga bostirib kirishdi. Ubay «Muhammadni o‘ldiraman», deb qasam ichdi, ammo Rasuli akram uni yaralab, mahv etdilar. Biroq Sa’d ibn Abu Vaqqosning mushrik ukasi Utba otgan toshdan Rasuli akramning (s.a.v.) lablari yorilib, tishlari sindi. Ibn Hishom otgan o‘q Payg‘ambarimizning (s.a.v.) peshonalaridan yaraladi. Yana bir qurayshiy Ibn Kamia u zotni qilich bilan yaralab yig‘itdi va darhol Abu Sufyonga borib, «Muhammadni o‘ldirdim», deya maqtandi. Dushman tomoni bu xabardan nihoyatda quvondi. Musulmonlar orasida tahlika, sarosima boshlandi. Ba’zilar qocha boshladi, qo‘shin parokandalikka yuz tutdi. Ammo Anas ibn Nadir kabi «Muhammad o‘lgan bo‘lsa, Alloh boqiydir!» deb jangni davom ettirganlar ham bor edi. Ana shunday alamli, fojiali damlarda ham hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) yonlaridan jilmadi, u zotni jon-jahdi bilan dushman hamlasidan himoya qildi. Ammo mushriklarning yetakchisi Abu Sufyon hanuzgacha hazrati Muhammadning (s.a.v.) o‘lik-tirikliklarini bilolmay garang edi. U shubhasini yo‘qotish uchun Islom qo‘shinlari tomon qichqirib, uch bora «Oralaringda Muhammad bormi?» deb so‘radi. Rasuli akram (s.a.v.) ogohlantirib qo‘yganlari uchun musulmonlardan hech kim unga javob qilmadi. Shunda Abu Sufyon ayni tarzda Abu Bakrni (r.a.) so‘radi. Yana javob ololmadi. Keyin Umarni (r.a.) so‘radi. Bu gal ham hamma jimligini ko‘rib, u sevinib ketdi: «Demak, bularning uchovi ham o‘libdi, g‘alaba biz tomonda ekan!» Boyadan buyon g‘azabidan to‘lg‘onib o‘tirgan hazrati Umar (r.a.) bu gapni eshitib, chidolmay qoldi. Bor ovozda Abu Sufyonga qarab qichqirdi: – Tovushingni o‘chir, ey Allohning dushmani! Bu odamlarning hammasi tirik, mana qarshingda turishibdi! Abu Sufyon Umarning gapidan biroz talmovsirab qoldi. Dushmanlarining tirik ekanidan hafsalasi pir bo‘lgani uchun Ka’badagi eng katta butlarini eslashdan o‘zga iloj topolmadi: – Oliy bo‘l, Hubal! Aziz bo‘l, Hubal! Bunga javoban esa hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramning (s.a.v.) amrlari bilan shunday dedi: – Alloh a’lo va ajall! (Alloh - eng jalil, eng ustun!) Abu Sufyon ham jim turolmadi: – Bizning Uzzoimiz bor, sizniki yo‘q! Hazrati Umar (r.a.) ham bo‘sh kelmadi: – Alloh bizning mavloimizdir, sizniki esa yo‘q! – Jang navbati bilan, g‘oliblik navbati bilan. Bugun biz Badrning intiqomini oldik! – dedi Abu Sufyon bolalarcha g‘ururlanib. |
ma'muriyatiga murojaat qiling