Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Rasululloh sirlari Hafsa binti Umar hazrati Umarning (r.a.) qizlari edi. U Rasuli akramning (s.a.v.) sahobalaridan Xaniys ibn Xuzoma as-Sahmiyning xotini edi. U Madinada vafot topdi va Hafsa tul qoldi. Shunda Umar ibn Xattob (r.a.) qizini xayriyat ahllaridan birortasiga xotin qilib berishni o‘ylab qoldi. U birodari Usmon ibn Affon (r.a.) huzuriga borib, tul qolgan qizini xotinlikka olishini taklif qildi. Negadir hazrati Usmon bu taklifga uncha ro‘yxushlik bermadi. «Biroz o‘ylab ko‘rayin», degan mavhumroq javobni qildi. Hazrati Umar (r.a.) bir necha kun kutib tog‘ati tugadi. Shunda hazrati Usmonning (r.a.) o‘zi kelib uchradi va: «Shu kunlarda uylana olmayman, shekilli, buning ilojini topolmadim», dedi. Hazrati Umar (r.a.) uning gapidan hafsalasi pir bo‘lib, boshqa birodari Abu Bakr Siddiqning (r.a.) huzuriga jo‘nadi. Hazrati Usmonga aytilgan taklif unga ham yetkazildi: «Agar istasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab qo‘yaman». Hazrati Abu Bakr Siddiq lom- mim ham demadi, indamay burilib ketaverdi. Umar ibn Xattob (r.a.) bir necha kun u kishidan javob bo‘lishini kutib yurdi. Ammo birodarlari hamon sukutda edi. Tabiatan qiziqqon Umarning (r.a.) bundan jahli chiqdi, kuyundi: «Qizimni tortiq qilib tursam-u bu odam yo «ha», yo «yo‘q» demasa. Hatto Usmon kabi bir tayinli javob qilmasa!» Oradan bir kun o‘tdi. Ana shu muhlat ichida Sarvari olam Muhammad (s.a.v.) Hafsani so‘rattirib qoldilar. Hazrati Umar (r.a.) juda sevinib ketdi: «Allohning rasuli qizini so‘rattirsa, sen u zotga qaynota maqomiga erishsang, inson uchun bundan ortiq sharaf va baxt bormi?» Ularning nikohini hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari o‘qidi. Ana shunday mas’ud kunlarning birida hazrati Umar (r.a.) do‘stlari Abu Bakr Siddiqni (r.a.) uchratib qoldilar. Abu Bakr Siddiq birodariga shunday dedilar: – O’shanda qizing Hafsani menga xotinlikka taklif etganingda, nega lom-mim demay ketganim sababini bilganmisan? Nazarimda, mening bu qilig‘imdan og‘rinib, xafa bo‘lgansan ham. Aslida, bu taklifingga ko‘nmaganimning sababi bor. Bir kuni janob Rasulullohning o‘z suhbatlarida Hafsa haqida gapirib o‘tganlaridan xabardor bo‘ldim. Sarvari olamning bu niyatlari meni taklifingga ko‘nishimga monelik qildi. – Nega bu gaplarni o‘shanda menga ochiq ayta qolmading? – deb so‘radilar hazrati Umar (r.a.). – Chunki men u zotning sirlarini oshkor qila olmasdim-da! Bordi-yu janob Rasululloh qizingni olmaganlarida, men olgan bo‘lardim, - dedi hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a.) birodariga mehr ko‘zi bilan boqib.
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling