Hovuz bo‘yida
Bir kuni Rasuli akram (s.a.v.) shunday deb qoldilar: «Men tushimda ko‘rsam, bir
quduq bo‘yida turibman. Undan chelakda suv olib, odamlarga ichirayotgan ekanman.
Shu asnoda oldimizga Ibn Abu Qahofa (ya’ni, Abu Bakr) kelib qoldi. U menga dam
bermoq niyatida qo‘limdan chelakni oldi-da, hovuzdan bir-ikki bor suv tortdi. Ammo suv
kamroq chiqdi. Alloh taolo uni mag‘firat qilsin! Keyin Umar ibn Xattob kelib qoldi. U Abu
Bakrning qo‘lidan chelakni olib, hovuzga tashladi. U baquvvat va mohir bo‘lgani uchun
shu qadar ko‘p suv tortib chiqardiki, hatto odamlar suvni to‘ygunlaricha ichib, batamom
qonishdi. Hovuz suvi esa kamayishi o‘rniga tobora ko‘payib borardi. Hatto odamlar
quduq atrofiga tuyalari uchun qo‘ralar ham qurishdi.
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Do'stlaringiz bilan baham: |