Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
www.ziyouz.com kutubxonasi
14 Ammo Hazrati Umar (r.a.) ham osonlikcha mag‘lub bo‘ladiganlardan emasdi: – To‘g‘ri, sizlar ustun keldinglar. Ammo baribir teng emasmiz. Bizning o‘liklarimiz jannatda, sizlarniki esa jahannamdadir! Abu Sufyon bu gapga chidolmay, ovozining boricha baqirdi: – Ey Umar, Alloh uchun to‘g‘ri gapir! Biz Muhammadni o‘ldirdikmi yoki yo‘qmi? – Vallohi, o‘ldirmadinglar! Hozir Rasuli akram sening bu gaplaringni eshitib o‘tiribdilar. Hazrati Umar (r.a.) bilan Abu Sufyonning bu dahanaki jangidan so‘ng mushriklar o‘z qo‘shinlarini jang maydonidan olib ketishdi. Ular bu jangda ustun kelgan bo‘lsa-da, biroq zafar sharobini icholmadilar, batamom mudofaasiz Madinani istilo qilolmadilar. Birorta musulmonni ham asir ololmay, Makkaga qo‘rquv va alam bilan qaytishdi. Ana shu jangdan so‘ng hazrati Umar (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomga yanada qattiqroq bog‘lanib qolganini his etdi. Tarixda musulmonlarning birinchi bor imzolagan sulh shartnomalari bo‘lmish Hudaybiya sulhi shartlariga ko‘ra, musulmonlar va mushriklar o‘n yilgacha bir-biri bilan urushmaslikka, o‘sha yili musulmonlarning Ka’ba ziyoratiga kelmasligiga, Ka’ba ziyoratiga qo‘shilgan musulmonlar Makkada uch kundan ortiq qolmasligiga, ular Ka’bani ziyorat qilayotganida qurayshiylarning Makkadan tashqariga chiqib turishiga kelishib olindi. Yana sulh shartlariga ko‘ra, qurayshiylardan birortasi musulmonlar tomoniga o‘tmoqchi bo‘lib, valiysining ruxsatisiz Madinaga kelsa, musulmon bo‘lsa ham, u odam qabul qilinmaydi, qaytarib yuboriladi, ammo biror madinalik musulmon Quraysh tarafiga o‘tib, Makkaga kiradigan bo‘lsa, qaytarib berilmaydi, deya kelishib olingandi. Xuddi shu masalada hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramni (s.a.v.) tushunmay, xiyla ozor berib qo‘yganlarini muarrixlarimiz yozib qoldirishgan. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling