Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Faqir hokim Hazrati Umar (r.a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy qilib tayinladi. Uni safarga jo‘natish oldidan huzurlariga chaqirib: – Ey Said, mana voliy bo‘lib ketyapsan, senga qancha maosh ajratay? - deb so‘radilar xalifa. Said ibn Omir talmovsirab qoldi. U amirning o‘zi juda oz maoshga qanoat qilib yurganini, uyida ko‘pda qozon qaynamasligini, kiyimida bir necha yamoq borligini eshitgandi. Shuning uchun xijolat bo‘lib: – Ey amiral mo‘minin, men maoshni nima qilaman? Baytul-moldan berib turiladigan nafaqa (ya’ni, kiyim va ovqat)ning o‘zi yetadi, - deb javob qaytardi va Ximsga jo‘nab ketdi. Said Ximsda voliylik qilib tayinlanganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, Umar ibn Xattob (r.a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Maqsad – voliyning ishi bilan tanishmoq, kamchiliklarini tuzatmoq, adolatsizlik qilgan bo‘lsa, tanbeh bermoq edi. Xalifa xalqning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar bo‘lsa, ularga yordam ko‘rsatish uchun bechora-faqir kishilarning ro‘yxatini olishga buyurdilar. Ro‘yxat tuzildi. Uni ko‘rayotgan Umar (r.a.) ro‘yxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh ko‘zlari tushib, atrofdagilardan so‘radilar: – Kim bu? – Bizning voliyimiz... – Ie, u ham faqirlar qatoridami? - hayron bo‘lib so‘radilar xalifa. – Ha, judayam faqir. Vallohi, uning uyida oylab o‘choqqa o‘t g‘alanib, ovqat pishirilmaydi. Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r.a.) yig‘lab yubordilar. Bu qandoq mo‘minki, o‘zi voliy bo‘laturib, boy bir o‘lkaning hukmdori bo‘laturib, o‘zi kambag‘allarcha turmush kechirsa, Baytul-moldan yegulik olishga haddi siQmasa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom olamining xalifasi hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari-chi? Uning ham xonadonida uncha- munchaga qozon qaynamaydi, egnidagi xirqasining bir necha yamog‘i bor. Musulmonlikning, mo‘minlikning qismati shundoq. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, fozili ham sabr-qanoatda, tamkin-itoatda bir-biridan o‘zishga harakat qiladi. Hazrati Umar (r.a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar: – Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-mo‘minin muhtojlikdan qutilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar. Umar ibn Xattob (r.a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. Voliy hayron bo‘lib ochib ko‘rdi. Qarasa, ichi to‘la dinor... Shunda u boshiga og‘ir kulfat tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un». Xaltachani chetga surdi, kayfiyati buzildi, yuragi siqildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib taqsimladi va hammasini musulmonlarga tarqatib, tinchidi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling