Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
YAMOQ KO’YLAKLI XALIFA Iftixor Hazrati Umarning (r.a.) xalifalik davrida bir ming to‘rt yuz shahar fath etildi, Vizantiya, Eron, Misr kabi o‘lkalarning xalqi musulmon bo‘lish baxtiga erishdi. Fath etilgan boy yurtlardan butun-butun xazinalar, g‘animat mollar, oltin-kumushlar xalifalik poytaxti – Madinai munavvaraga xuddi sel kabi oqib kelardi. Ammo Islom olamining ikkinchi xalifasi Umar Xotamun-nabiy Muhammad (s.a.v.) vasiyatlariga amal qilib, kamtarona, faqirlarday turmush kechirar, juda oziga qanoat qilar, ahli baytini ham shunga targ‘ib qilardi. Uning xonadonida oylab qozon osilmas, kiyimlari yirtilib, to‘zib ketguncha yangi bo‘lmas, u zot o‘z ahvollariga odamlarning kulishi, masxara qilishi yoki achinishiga parvo ham qilmasdi. Bir kuni hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li otasiga shikoyat qilib qoldi: – Otajonim, kiyim-boshim eskib, to‘zib ketdi. Oshnalarim masxara qilib, «Xalifaning o‘g‘li ham shunaqa juldur kiyimda yuradimi?» deb ustimdan kulishyapti. Yana «Otang
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 36 mo‘minlar amiri bo‘lsa, Baytul-mol xazinasining kaliti uning qo‘lida bo‘lsa-yu sening seryamoq ko‘ylakda yurishingni qara, yo dadang yomon ko‘radimi?» deyishyapti. Mana hayit kelyapti, birorta yangi kiyim olib bering. Xalifa Umar (r.a.) norozi bosh chayqadi: – Bo‘lmaydi, o‘g‘lim, yangi kiyim olgani pulimiz yo‘q. – Otajon, yaqinda oladigan maoshingiz ustidan pul so‘rab ko‘ring, o‘sha pulni kiyimga berasiz, - dedi o‘g‘il hamon bo‘sh kelmay. Noiloj qolgan hazrati Umar (r.a.) Baytul-molning xazinaboniga bir xat yozdi. Unda «Kelgusi oyning maoshidan biroz pul berib tur, o‘g‘limga hayitlikka libos olmoqchiman», deb yozilgandi. Maktubni o‘g‘lidan berib yubordi. Uni olgan xazinabon xatni o‘qib ko‘rib, kayfiyati buzildi, boshini sarak-sarak qilib, xalifaning o‘g‘liga shunday dedi: – Men pul berolmayman. – Nima uchun? Yo maktubga ishonmayapsizmi? – so‘radi yigitcha qizishib. – Yo‘q, maktub xalifadan ekanini bilaman. Ammo yana bitta hujjat yetishmaydi. Xalifa yanagi oygacha yashashi haqida tilxat bermabdi, - dedi xazinabon. Hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li bu gapni eshitib, nima deyishini bilmay qoldi. Bo‘shashib, ortiga qaytdi. Uning hech narsasiz kelganini ko‘rgan ota so‘radi: – Ha, o‘g‘lim, nima bo‘ldi, pulni ololdingmi? – Yo‘q, otajon! Birinchidan xazinabon pulni bermadi va sababini aytdi. Shundan keyin pul olishdan voz kechdim. Ikkinchidan, uning qilig‘idan shunday xulosaga keldimki, siz shu qadar halol, Allohga ishongan millatning xalifasi bo‘lganingizdan har qancha iftixor qilsangiz arzirkan. Hazrati Umar (r.a.) o‘g‘lining faxr to‘la aytayotgan so‘zlarini eshitarkan, shunday dedi: – Xazinabon Umarning fe’lini biladi. Agar senga pul berib yuborganida, tug‘ilganiga pushaymon qildirardim. O’sha zahoti vazifasidan bo‘shatgan bo‘lardim. Sen esa xafa bo‘lma, o‘g‘lim. Alloh nasib etsa, yangi ko‘ylak ham kiyib qolarsan.
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling