Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

 

 


Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

37

«Yo‘limizdan ayrilma!» 

Payg‘ambar alayhissalomdan ibrat olgan sahobai kiromlar kamtarona, odmigina, 

boriga qanoat qilib yashadilar. Hazrati Umar (r.a.) ham bu sohada qolishmadilar, 

imkonlari bo‘laturib juda oddiy, faqirona turmushni afzal ko‘rdilar. 

Hazrati Umarning qizlari, hazrati Payg‘ambarimizning zavjalari Xafsa onamiz bir kuni 

juda xafa bo‘lib ketdilar. Sababi, otalari mo‘minlar amiri bo‘lsa, dunyoning hamma 

joyidan mol-dunyo oqib kelayotgan bo‘lsa, boyiganlar boyib yursa-yu shundoq xalifaning 

dasturxoni juda g‘arib edi, otalari quruq, bemaza ovqatlar bilan kifoyalanib yuradi. Xafsa 

onamiz otalariga ta’na qila boshladilar:  

– Otajonim, hayotimiz ancha yaxshilanib qolgan, hammaning o‘ziga yarasha nafaqasi 

bor. Biroz o‘zingizga qarasangiz, ahvolingizni yaxshilasangiz, o‘zingizga yoqadigan

mazali taomlardan buyursangiz. 

Bu gaplarni eshitgan hazrati Umar (r.a.) tutog‘ib ketdilar: 

– Hoy, menga qara, shu gaplarni Payg‘ambar alayhissalomning xotini gapiryaptimi? 

Axir sen u zotning qanday yashaganlarini boshg‘alardan ko‘ra yaxshiroq bilasan-ku! 

Nega endi menga boshqacharoq yashashni taklif qilasan? Bilib qo‘y, men aslo Rasuli 

akramning (s.a.v.) yo‘llaridan, sunnatlaridan chiqmayman! 

Xafsa binti Umar otalariga endi gap uqtirib, ko‘ndirib bo‘lmasligini anglab, jim bo‘lib 

qoldilar. Chunki bundan avvalroq ham ikkovlarining o‘rtalarida xuddi shu sohada 

ko‘ngilsiz gap-so‘zlar o‘tgandi. 

O’sha kuni Xafsa onamiz otalarining ziyoratiga kelgandi. Hol-ahvol so‘rashildi, yig‘ilgan 

gaplar gaplashildi. Shunda Xafsa roziyallohu anho gap orasida otasiga shunday deb 

qoldi: 


- Otajonim, bugun xirqa (kiyim)ngizda o‘n ikkita yamoq sanadim. Bu eski kiyimni biror 

faqirga berib, yangisini sotib olsangiz bo‘lmaydimi? Axir Islom olamining xalifasisiz

oldingizga uzoq-yaqindan turli mehmonlar kelib turadi. 

Hazrati Umar (r.a.) qizining kuyunib aytayotgan so‘zlarini eshitib turdi-da, miyig‘ida 

bir kulib qo‘ydi: 

- Ey mening suyukli qizim! Mana sen Rasuli akramning oilasi bo‘lishga musharraf 

eding, u zotga bizdan ham yaqin eding. Rasuli akramning bu o‘tkinchi dunyoga 

qanchalik qiymat berganlarini, bu foniy dunyoni nechog‘li xaqir ko‘rganlarini, «Mahshar 

kuni men va Abu Bakr bilan bo‘lishni istasang, yo‘limizdan ayrilma!» deb buyurganlarini 

nahotki tushunmasang?! Oxiratda Allohga hisob berish kerakligi uchun ushbu yamoqli 

kiyimni kiyib yurganim ma’qul. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling