HAZRATI UMARNING SHAHODATI
Xulofoi roshidin (to‘g‘ri yo‘ldagi xalifa)larning hazrati Abu Bakr Siddiqdan tashqari
qolgan uch nafari, ya’ni hazrati Umar, hazrati Usmon va hazrati Ali Islom
dushmanlarining fitna va suiqasdlari tufayli shahid bo‘lishgan. Hazrati Umar ham Islom
dushmanlari qo‘lida shahodat topdilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlarida muborak Islom fathi juda ko‘p o‘lkalarni qamrab
oldi, u yerlarga arab lashkarlari Allohning dini Islom shariatini, oxirgi Payg‘ambarning
sunnatini yetkazib borishdi. Bu xalqqa manzur tushib, risolat yetib borgan o‘lkalar
gullab-yashnagan esa-da, mansabidan ayrilib, zulm va istibdodga to‘la siyosatlarini
avvalgiday emin-erkin o‘tkazolmay qolgan hukmdorlarning g‘azab va nafratini
kuchaytirib yuborgandi. Ayniqsa, Islom fathi tufayli inqirozga yuz tutgan Iroq va Eron
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |