Nafsni qiynash
Bir kuni odamlar ko‘rishsaki, hazrati Umar (r.a.) suv to‘la meshni yelkasiga olib
harsillab kelyapti. Yuz-ko‘zidan tinmay ter quyiladi, charchaganidan oyog‘ini arang
sudrab bosadi. Otasining ahvolini ko‘rib qolgan o‘g‘li norozi bo‘lib gapirdi:
– Nega bunday qildingiz, ota, axir suvni biz tashib kelardik-ku!
Hazrati Umar (r.a.) meshni yerga qo‘yarkan, o‘g‘liga dedi:
– Qarasam, nafsim juda haddidan oshib ketganday bo‘ldi. Ich-ichimdan o‘zimning
ham haddimdan oshib ketayotganimni sezib qoldim. Shu bois nafsimni zalil qilib,
qiynamoq uchun meshni ortmoqlab yo‘lga tushdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |