SEVMOQNI QAYERDAN O’RGANAMIZ?
Shoirlardan biri uzun, chiroyli, zamonaviy she’r yozibdi: vaznsiz, qofiyasiz she’rlardan,
zamona she’rlaridan... So‘nggi satri bundoq:
«Sen ketgil! Sen hatto sevmoqni hali o‘rganmabsan...»
Bor, avval mundoq bir sevmoqni o‘rgan, demoqchi. Sevmoqni o‘rganmoq oson emas,
chunki ko‘p yerlarda uning ta’limi, maktabi yo‘q... Sevmoqni qaerdan o‘rgangaymiz?
Onadan o‘rgangaymiz, oiladan o‘rgangaymiz. Ta’lim tizimida sevgi o‘rgatiladimi?.. Din
ta’limining bosh mudiri menga aytdiki: «Xojam, bizga milliy axborot (idorasi)dan maxfiy
bir buyruq kelmoqda, bir Qur’on o‘qitish darsining ichiga ham 10 foiz Otaturk haqida
ma’lumotlardan tiqamiz: Marhum Otaturk Balikasir xutbasida chiqqanida falon oyatni
o‘qidi», deb uni tiqishtirar emishmiz... Yuzdan o‘n foiz buni o‘ylaysan-u, sevmoqni,
sevgini nega o‘rgatmaysan?.. Xonaqohlar ham bo‘lmasa, xalqning, millatning holi
xarob!.. Yaxshiyamki, bir Mavlono (Jaloliddin Rumiy) bor, yaxshiyamki, Yunus (Emro)
bor, «sevayin, sevilayin», deganlaru odamlar bir oz sevmoqdan, sevilmoqdan
gaplashishadi.
Albatta, bular kamolot alomatidir. Kamol, ya’ni yetuklik, komil bo‘lmoq alomatidir. «Kam
olat bilan kamolat bo‘lmas!» deganlar. Kam – oz, oz olat bilan kamolot bo‘lmagay;
tabiiy, noqis insonlar bilan komil ishlar bajarilmas!.. Komil inson bo‘lgayki, komil ishlarni
qila olsin! Komil bo‘lmoq uchun esa, albatta, boya boshlaganimiz nuqtaga qaytamiz: bir
nuqtadan boshlab bir doirani aylanib chiqdik, kezdik, yana o‘sha nuqtaga qaytamiz:
inson o‘z-o‘zini isloh etmog‘i kerak, o‘z nafsini tarbiya qilmog‘i kerakdir. «Qod aflaha
Do'stlaringiz bilan baham: |